Nurota tumani, Islom Karimov ko'chasi 48 uy

  • Yaratildi: 23.11.2023 16:02

Korrupsiya kelajak zavoli

9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni sifatida 2004-yildan beri har yili nishonlanib kelinadi. 2003-yilning shu kuni Meksikaning Merida shahrida yuqori darajadagi siyosiy konferensiyada BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 2003-yilning 1-noyabrida qabul qilingan Korrupsiyaga qarshi konvensiya davlatlar tomonidan imzolash uchun ochiq deb eʼlon qilingan. Ushbu kunni nishonlashdan maqsad korrupsiya muammosini tubdan tushunish va Konvensiyaning korrupsiya bilan kurashish hamda uning oldini olish borasidagi ahamiyatini anglab yetishdan iboratdir.

Korrupsiya jamoat tartibini buzib, aholining davlatga va kelajakka ishonchini yoʻqotadi. Shu orqali jinoyatchilik, terrorizm va inson xavfsizligiga tahdid soladigan xavflarning rivojlanishiga imkoniyat yaratadi.

Korrupsiyaga qarshi kurashning eng samarali vositalaridan biri davlat xizmatchisi va fuqaro oʻrtasidagi toʻgʻridan-toʻgʻri munosabatni istisno qilishdir. Bu borada mamlakatimizda bir qator muhim islohotlar amalga oshirildi. Jumladan,  aholiga davlat xizmatlari koʻrsatish tizimi tubdan isloh qilinib, 150 dan ortiq turdagi davlat xizmatlari aholiga qulay va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali amalga oshirilmoqda.

Korrupsiya illatiga qarshi kurashda har bir fuqaroning oʻziga xos masʼuliyati mavjud. Binobarin, korrupsiyaga barham berish nafaqat davlatning, balki butun jamiyatning manfaati va vazifasidir. Bu muammo har bir fuqaroni tashvishga solishi, ushbu illatga qarshi kurashda hech kim chetda turmasligi kerak. Jamiyat va davlat taraqqiyoti, tinchlik va xavfsizlik yoʻlida korrupsiyaga qarshi kurashda birlashish davr taqozosidir.

 

Navbahor tumanlararo iqtisodiy sudi raisi  B.Djumayev