Nurota tumani, Islom Karimov ko'chasi 48 uy

  • Yaratildi: 03.11.2023 18:06

Nurota tumani mahalliy byudjetining 2023-yil III-chorak ijrosi toʻgʻrisida

VII-56-137-5-74-K/23    03.11.2023

Nurota tumani mahalliy byudjetining 2023-yil 3 chorak ijrosi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabrda qabul qilingan “2023-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi OʻRQ-813-sonli qonuni hamda xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashining 2022-yil 31-dekabrdagi “Navoiy viloyatining 2023-yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi VI-45-184-5-0-K/22-sonli va xalq deputatlari Nurota tumani Kengashining 2022-yil 31-dekabrdagi “Nurota tumanining 2023-yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi VII-45-174-5-74-K/22-sonli qarorlarida belgilangan koʻrsatkichlar doirasida bajarilishi taʼminlandi.

Joriy yilda maxalliy byudjet daromadlarining 3-chorak prognoz rejasi 7 102,5 mln. soʻm belgilangan boʻlib, haqiqatda 7 807,5 mln.soʻmga yoki 109,9 foizga ijro etildi. Byudjetga qoʻshimcha 705,0 mln.soʻm daromad tushirildi.

Tuman mahalliy byudjetini xarajatlar qismi 2023-yil 9 oyda 147 477,2 mln.soʻm rejalashtirilgan boʻlib, rejaga asosan 141 853,1 mln.soʻm mablagʻlar begilangan tartibda  moliyalashtirilishi taʼminlandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksining 27, 99-moddalari, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6, 24-moddalari hamdaOʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabrdagi “2023-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi OʻRQ-813-sonli Qonuniga muvofiq xalq deputatlari tuman Kengashi

QAROR   QILADI:

 

  1. Tuman mahalliy byudjetining 2023-yil 3-chorak ijrosi yuzasidan tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi S.Haydarovning hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
  2. 2023-yilning 9 oyida mahalliy byudjetning daromadlari 21 487,4 mln.soʻmga va xarajatlari 147 477,2 mln.soʻmga ijro etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
  3. Byudjet kodeksining 27-moddasiga muvofiq 2023-yilning 9 oyi davomida tuman mahalliy byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlarining xarajatlar smetasiga kiritilgan oʻzgartirishlar 1-ilovaga asosan tasdiqlansin.
  4. Tuman soliq inspeksiyasi (O.Joʻraqulov) va tuman iqtisodiyot moliya boʻlimi (S.Haydarov)lar tuman mahalliy byudjetining 2023-yil 4-chorakda daromadlarining belgilangan reja koʻrsatkichlarini daromad turlari boʻyicha ijrosini hamda mahalliy byudjetga qoʻshimcha daromadlar manbasini aniqlab, mahalliy byudjetga tushumini taʼminlasin.
  5. Tuman sektor rahbarlari tuman mahalliy byudjetining 2023-yil 4-chorak daromadlar rejasi boʻyicha toʻliq ijrosini taʼminlashni nazoratga olsinlar.
  6. Tuman mahalliy byudjetining qoʻshimcha manbalari tuman byudjeti hisobidan moliyalashtirilishi nazarda tutilmagan tashkilotlarni joriy saqlab turish xarajatlari uchun yoʻnaltirilishiga yoʻl qoʻyilmasligi belgilansin.
  7. Tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari(A.Boʻriyev),tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi (S.Haydarov)tuman mahalliy byudjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan yoʻnaltirilgan mablagʻlar toʻgʻrisida xalq deputatlari tuman Kengashiga har chorak yakuni bilan hisobot berib borilishi belgilansin.
  8. Mahalliy byudjetning qoʻshimcha manbalaridan mablagʻ oluvchilarning rahbarlari ajratilgan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanilishi, shuningdek ushbu mablagʻlarni ajratilishi uchun taqdim etiladigan barcha hujjatlarning haqqoniyligiga shaxsan javobgar ekanligi belgilansin.
  9. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari(A.Boʻriyev) va xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy byudjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari doimiy komissiyasi (F.Ermakov) zimmasiga yuklatilsin.

 Kengash raisi A.Fayziyev 

PDF tarzida yuklab olish