Nurota tumani, Islom Karimov ko'chasi 48 uy

  • Yaratildi: 04.11.2023 10:03

2023-yil 3-choragida jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltirilgan mablagʻlar hisoboti toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-avgustdagi “Byudjet maʼlumotlarining ochiqligini va byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3917-sonli hamda 2021-yil 13-apreldagi “Byudjet jarayonida fuqarolarning faolishtirokini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5072-sonli Qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 22-apreldagi KQ-213-IV-sonli Qarori bilan tasdiqlangan namunaviy Nizomning 30,31-bandlariga asosan xalq deputatlari tuman Kengashining 2021-yil 30-apreldagi Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini taʼminlash maqsadida Nurota tuman mahalliy byudjetida 2021-yilda shakllangan qoʻshimcha manbalarni “Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasi”ga yoʻnaltirish toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida xalq deputatlari tuman Kengashi

 QAROR   QILADI:

 1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 22-apreldagi KQ-213-IV-sonli Qarori bilan tasdiqlangan namunaviy Nizomning 30-bandiga asosan 2023-yil 3-chorakdagi jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltirilgan mablagʻlar yuzasidan tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi S.Haydarovning hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.

 

  1. Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirilishi yuzasidan maʼlumot 1-ilovaga muvofiq;

2023-yil 3-choragida jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltirilgan mablagʻlar, yaʼni tashabbusli byudjetlashtirish natijalari boʻyicha maʼlumotlar 2-ilovaga muvofiq;

Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasidan jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan (gʻolib deb topilgan) tadbirlarni moliyalashtirish uchun yoʻnaltirilgan mablagʻlar toʻgʻrisidagi maʼlumot 3-ilovaga muvofiq;

2023-yil 3-choragida oʻtkazilgan tashabbusli byudjet jarayoni yakunlariga koʻra ishlarni amalga oshirish uchun ajratilgan mablagʻlar bilan shartnomaga muvofiq yakuniy mablagʻlarga nisbatan boʻshab qolgan (iqtisod qilingan) qismini jamgʻarmaga qayta tiklash miqdori toʻgʻrisida maʼlumot 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

  1. Tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimi (S.Haydarov) hamda tuman gʻaznachilik boʻlinmasi (O.Nurmatov)lar tashabbusli byudjetlashtirish natijalari boʻyicha maʼlumotlarni tuman hokimligi axborot xizmati (L.Mansurov) bilan birgalikda keltirilgan ilovalarga muvofiq shakllarda “Ochiq byudjet” axborot portali hamda chorakning birinchi oyining 25 sanasiga qadar joylashtirib borish vazifalari yuklatilsin.
  2. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy byudjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish,investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (F.Ermakov), ijrosini taʼminlash tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari (A.Boʻriyev) zimmasiga yuklatilsin.