Nurota tumani, Islom Karimov ko'chasi 48 uy

  • Yaratildi: 01.11.2023 17:02

“Best tourism villages” – Sentob turizm qishlog‘iga PRESS-TUR tashkil etildi

#PRESS_TUR

“Best tourism villages” – Sentob turizm qishlog‘iga PRESS-TUR tashkil etildi

Joriy yilning 16-20-oktabr kunlari Samarqand shahrida tashkil etilgan Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh Assambleyasi tadbirlari doirasida Navoiy viloyatining Nurota tumanida joylashgan Sentob qishlog‘i butun dunyo bo‘ylab “Best tourism villages” loyihasi g‘oliblari qatorida qayd etilgan edi.

Shu munosabat bilan, 30-31-oktabr kunlari Turizm qo‘mitasi, Navoiy viloyati hokimligi va Nurota tumani hokimligi tashabbusi bilan xorijiy va mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida mazkur qishloqqa press-tur tashkil etildi.

Mazkur press-tur doirasida 20 dan ortiq ommaviy axborot vositalar jumladan, Renesans, Effekt.uz, Farsnews (Eron), Dunyo bo‘ylab, Uzreport, Nuz.uz, Ovozitojik (Tojikiston), Gazeta.uz, Anhor.uz CBC TV Azerbaijan kabi xorijiy hamda mahalliy ommaviy axborot vositalari ishtirok etishdi.