O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 23-oktabr kuni “Har bir kun - bu imkoniyat, har bir kun - bu kelajak uchun poydevor” g‘oyasi asosida kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan yig'ilishda bog‘ va tok qator oralaridan samarali foydalanish, mavjud barcha toifa xo‘jaliklarida bog‘-toklami xatlovdan o'tkazish, kuzgiqishki agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish, bog‘-tok qator oralariga to'qsonbosti usulida va erta bahorda ertaki qishloq xo‘jaligi ekinlari ekish hamda narx-navoni barqaror saqlashda yetishtirilgan mahsulotni ichki bozor, eksportga chiqarish ishlarini tashkil qilish boʻyicha koʻrsatma va topshiriqlar belgilab berilgan edi.
Shunga asosan Nurota tumanida 2024-yil hosili uchun fermer va qishloq xoʻjaligi korxonalaridagi mavjud 4039 gektar bogʻ va tokzorlarni begona oʻtlardan tozalash, oqlash qator oralarini haydash, shuningdek, qator oralariga jami 2175 gektar toʻqsonbosti usulida piyoz, sarimsoqpiyoz va boshqa ekinlar ekish belgilangan bo‘lib bugungi kunda amaliy ishlar boshlab yuborilgan.
Tuman hokimi A.Fayziyev boshchiligida o‘tkazilgan yig'ilishda ushbu topshiriqlar berilganiga qariyb 10 kun boʻlganiga qaramasdan tegishli masʼullar va fermer xoʻjaliklari tomonidan bugungi kungacha ishlar qoniqarsiz tashkil etilgani ta'kidlanib, ushbu ishlarni jadallashtirish bo‘yicha tegishli mas'ullarga ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, fermerlar, qishloq xoʻjaligi korxonalari rahbarlariga Davlat rahbari tomonidan berilgan topshiriqlar oʻz vaqtida bajarilishi shartligi ta'kidlandi.