Nurota tumani, Islom Karimov ko'chasi 48 uy

  • Yaratildi: 31.10.2023 18:24

SENTOB "2023-YILNING ENG YAXSHI BUTUNJAHON TURIZM QISHLOG‘I" NOMINATSIYASI SOVRINDORI

Navoiy viloyati Nurota tumanidagi "Sentob" turizm qishlog'iga "2023-yilning ENG YAXSHI BUTUNJAHON TURIZM QISHLOG‘I" nominatsiyasini qo‘lga kiritganligi munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.

Bayram tadbirida viloyat hokimi o‘rinbosari S.Mirzayev, tuman hokimi A.Fayziyev, shuningdek, yurtimizdagi turoperatorlar va turizm yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar, OAV vakillari hamda tuman aholisi ishtirok etdi.

Tadbirda viloyat hokimi o‘rinbosari S.Mirzayev hamda tuman hokimi A.Fayziyevlar so‘zga chiqib, Sentob qishlog’ida amalga oshirilgan ishlar to‘g’risida so‘z yuritib, “2023-yilning eng yaxshi turizm qishlog'i” nominatsiyasi g’olibi bo‘lganligi bilan barcha Sentob aholisini samimiy muborakbod etishdi.

Shuningdek, tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Filarmoniyasi Navoiy viloyat boʻlinmasi, Oʻzbek Milliy “Maqom” sanʼati markazi Navoiy viloyati hududiy boʻlimi hamda, tuman Madaniyat boʻlimining ijodiy jamoalari tomonidan diltortar kuy-navolar ijro etilib, bayram ishtirokchilarini xushnud etish bilan birga bayram dasturxoni tashkil etilib, milliy taom osh tortiq etildi.

Ma'lumot uchun: Samarqandda UNWTO Bosh Assambleyasining 25-sessiyasi doirasida "Best Tourism Villages 2023 Awards" (2023-yilning eng yaxshi turizm qishlog'i) nominatsiyasi bo'yicha Navoiy viloyatining "Sentob" qishlog'i g'oliblikni qo‘lga kiritgan edi.