Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun 2024-yilda ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash hamda zaxiraga qoʻyish toʻgʻrisida
Nurota tuman Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi tomonidan 2023-yil 29-sentabrdagi 18/07-01/14-1022-sonli xat orqali taqdim etilgan Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun 2024-yilda ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash hamda zaxiraga qoʻyish toʻgʻrisidagi umumlashtirilgan takliflarni koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 20-oktabrdagi “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-642-son qonunining 38-39-moddalari (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.10.2020-y, 03/20/642/1396-son; 02.04.2021-y, 03/21/681/0264-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 14.03.2022-y., 03/22/759/0213-son; 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son; 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son, 29.10.2022-y., 03/22/798/0972-son), 2020-yil 15-oktabrdagi “Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-641-son qonunining 14-moddasi (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2020-y., 03/20/641/1389-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son), 2020-yil 17-avgustdagi OʻRQ-633-son “Odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisida” (yangi tahriri)gi Qonunining 14-, 17-moddalari (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2020-y., 03/20/633/1187-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 24.06.2022-y., 03/22/780/0560-son), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-iyuldagi “Aholi bandligini taʼminlash borasidagi ishlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–3856-son qarori (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2018-y., 07/18/3856/1515-son; 04.10.2019-y., 06/19/5846/3866-son, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son; 01.01.2020-y., 06/20/5898/4258-son; 27.03.2021-y., 07/21/5041/0244-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 07/21/55/1173-son; 31.01.2023-y., 07/23/39/0060-son), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 965-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2017-y., 09/17/965/0393-son; 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son, 31.12.2020-y., 09/20/830/1696-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son) asosan 2024-yilda ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-, 25-, 27-moddalariga muvofiq,
Q A R O R Q I L A M A N:
- Oʻzbekiston Respublikasining “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Qonunining 38-39-moddalariga asosan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun tumandagi xodimlarining roʻyxatdagi oʻrtacha soni yigirma nafar kishidan ortiqni tashkil etadigan tashkilotlarda xodimlarining roʻyxat boʻyicha umumiy sonidan 90 kishini tashkil etadi, shu jumladan:
- oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan bolalari, nogironligi boʻlgan bolalari bor yolgʻiz otaga yoki onaga, shuningdek koʻp bolali oilalarning ota-onalari uchun 10 foiz – 9 kishi;
- umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlarini, kasb-hunar maktablarini, kasb-hunar kollejlarini hamda texnikumlarni tamomlab, kasbga ega boʻlgan yoshlar uchun 11,1 foiz - 10 kishi;
“Mehribonlik” uylarining bitiruvchilari, shuningdek oliy taʼlim muassasalarining davlat grantlari boʻyicha taʼlim olgan bitiruvchilari uchun 62,3 foiz –56 kishi;
- Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining, Ichki ishlar vazirligining, Favqulodda vaziyatlar vazirligining, Milliy gvardiyasining, Davlat xavfsizlik xizmatining qoʻshinlaridagi muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar uchun 6,7 foiz – 6 kishi,
- nogironligi boʻlgan shaxslar uchun 2,2 foiz - 2 kishi;
- pensiya oldi yoshidagi shaxslar uchun uchun 2,2 foiz - 2 kishi;
- jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sud qaroriga koʻra oʻziga nisbattan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilgan shaxslar uchun 5,5 foiz - 5 kishi;
- odam savdosidan jabrlanganlar uchun foiz- 0;
- qonunchilikka muvofiq boshqa shaxslar uchun- 0.
- Korxona, tashkilot va muassasalarning rahbarlariga:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 965-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga muvofiq ushbu qarorning 1-bandida koʻrsatilgan ish oʻrinlarini belgilangan muddatlarda va tartibda yaratilishini (ajratilishini yoki band etib qoʻyilishini) taʼminlash;
ish joylari sanitariya - gigiyena normalariga va xodim oʻz mehnat majburiyatlarini bemalol bajarishini taʼminlaydigan mehnat sharoitlariga muvofiq boʻlishini taʼminlash;
ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun 2023-yil yakunlanishidan 10 kun oldin kvota ish joylari umumiy miqdorining kamida 25 foizi uchun, 2024-yilning 10-aprel sanasidan kechikmay ish joylarining qolgan qismi 75 foizini barpo etish (ajratish yoki band qilib qoʻyish) toʻgʻrisidagi, yaʼni har bir kvota toifasi boʻyicha ish oʻrinlari band qilib qoʻyiladigan kasblar va lavozimlar, mutaxassisliklar kesimidagi maʼlumotlarni va buyruq nusxalarini tuman Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimiga taqdim etilishini taʼminlash topshirilsin.
- Oʻzbekiston Respublikasining “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Qonuni 38-39-moddalariga muvofiq ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga eng kam miqdoridagi ish joylarini yaratish yuzasidan qabul qilingan mazkur qarorni bajarmaganlik uchun ish beruvchilar har bir yaratilmagan ish joyi uchun qonunchilikda belgilangan tartibda maʼmuriy javobgarlik belgilanganligi inobatga olinsin.
- Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 965-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomning 21-bandiga asosan, mahalliy davlat hokimiyati organining ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish boʻyicha qarorini bajarmaganlik uchun jarima toʻlaganlik tashkilotni band qilib qoʻyiladigan ish oʻrinlarining belgilangan sonini tashkil etishdan ozod qilmasligi inobatga olinsin.
- Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiya va grantlar ajratish tartibi toʻgʻrisida Nizomini tasdiqlash haqida”gi 2019-yil 31-maydagi 3163-sonli buyrugʻiga asosan subsidiyalar ajratib berish tartibi amaliyotga joriy etilganligini hisobga olib, “Ijtimoiy ehtiyojmand aholi qatlamlariga mansub shaxslarni kvotalangan ish joylari sonidan ortiq miqdorda ishga qabul qilgan tashkilotlarga har bir xodim uchun 12 oy davomida har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida haqi toʻlash” toʻgʻrisidagi talabi inobatga olinsin.
- Tumandagi ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash boʻyicha tuzilgan ishchi komissiya tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
- Tuman hokimligi devonxonasii (Z.Boboyev) uch kun muddatda mazkur qarorning ijrosini taʼminlash uchun 2-ilovada koʻrsatilgan korxona, tashkilot va muassasalariga yetkazilishini taʼminlasin.
- Tuman Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi (I.Amonov) ushbu qarorning bajarilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatilishini hamda har chorak yakuni bilan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman hokimligiga maʼlumot taqdim etib borilishini taʼminlasin.
- Tuman “Nurnoma” gazetasi (L.Bozorov) mazkur qarorni ommaviy axborot vositalari orqali yoritilishini, tuman hokimligi bosh yuriskonsulti (E.Uralov) mazkur qaror tuman hokimligi veb-saytiga joylashtirilishini hamda davlat hisobiga olinishi uchun viloyat adliya boshqarmasiga yetkazilishini taʼminlasin.
- Mazkur qaror kuchga kirgan kundan eʼtiboran tuman hokimining 2022-yil 3-oktabrdagi “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini 2023-yil uchun band qilib qoʻyish toʻgʻrisida”gi 152-5-74-Q/22-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
- Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari A. Boʻriyev zimmasiga yuklatilsin.
- Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.