Nurota tumani, Islom Karimov ko'chasi 48 uy

  • Yaratildi: 29.09.2023 15:07

29 sentyabr Nurota tumani tashkil topgan kun

Nurota tumanining tashkil topganining 97-yilligi munosabati bilan tuman hokimi Azamat Ismatovich Fayziyevning tumandoshlarga tabrigi


Assalomu-alaykum, hurmatli Nurotaliklar.

Nurota tumani uzoq tarixga ega qadimiy va navqiron shahar hisoblanadi.

Bugun, 29-sentyabr Nurota tumani tashkil topgan kun boʻlib, 1930-yil 17-avgustdan Samarkand viloyati, 1982-yildan Navoiy viloyati, 1988-yildan Samarkand viloyati va nihoyat, 1992-yil mart oyidan yana Navoiy viloyati tarkibiga kiritilgan.

Nurota tumani uzoq tarixga ega qadimiy va navqiron shahar hisoblanadi. Ming yillik tarix sahifalariga Nur shahri nomi bilan muhrlangan Nurota vatanimizning qadim shaharlaridan biridir. Bu zaminda nomlari jahonga mashhur olimu-fozillar, aziz avliyolar, sahobalar, piru-murshidlar yashab oʻtgan.

Gʻorlar, qoʻnimgohlar, qoya toshlarda bitilgan  suratlar, muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar boy tarixiy madaniy meros obyektlari joy olgan.

Vatanimizning ajralmas qismi hisoblangan Nurota vohasi tarixiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy rivojlanishi, uning oʻziga xos xususiyatlarini oʻrganish borasida bir qancha izlanishlar amalga oshirilgan. Ularning tahliliga eʼtibor qaratadigan boʻlsak qadimdan bu hudud bilan bogʻliq voqea va hodisalar tarixchi olimlar tomonidan tilga olinib, ular haqida tarifu-tavsifini keltirishgan.

Narshaxiyning “Buxoro tarixi”, Hofiz Tanish al-Buxoriyning “Abdullanoma”, Ibn Xavqalning “Kitob surat al-ard”(Movaraunnahr) nomli, “Hudud-ul olam”, Abdulkarim as-Samoniyning “Al-ansob”nomli , Hasanxoʻja Nisoriyning “Muzakkiri -ahbob” kabi tarixiy manbalarda nur shahri haqida soʻz yuritilgan.

Nurotada Temur va temuriylar davrida “Buyuk ipak yoʻli”ning mahalliy tarmogʻi markaziy yoʻl bilan bevosita bogʻlangan. Nurota toʻgʻrisida Narshaxiy quyidagicha yozgan. “Nur katta joy, unda masjidu jome bor, u koʻpgina rabotlarga ega”.

Nurotaga bugunda ziyorat qilish uchun nafaqat Respublikamizning viloyatlaridan, balki chet ellik ziyoratchilarning tashrifini alohida etirof etish joizdir.

Aziz hamshaharlar,

Muqaddas va koʻhna tarixga ega Nurota tumanimizni tarixi va buguni haqida qancha soʻz yuritsak shuncha oz. Bugun Nurota tumanining tashkil topgan qutlugʻ kuni bilan barchangizlarni samimiy qutlayman. Mustaqilligimiz barobarida Nurota tumanimiz ham yanada ravnaq topib, obod manzillar qatorida joy olishida barchangizni qoʻshayotgan mehnatlaringiz bardavom boʻlsin.

Nurota hamisha gullab yashnasin. Vatanimiz ichra kichik vatan Nurotamizning tashkil topgan kuning 97 yilligi bilan butun tuman halqimizni yana bir bor samimiy qutlayman.

Hurmat bilan, Nurota tumani hokimi

Azamat Ismatovich Fayziyev