Nurota tumani, Islom Karimov ko'chasi 48 uy

  • Yaratildi: 20.09.2023 20:21

RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoq orqali “Qishlogʻimizda yoʻl va simyogʻochlar ta’mirtalab ahvolda” ekanligi aks etgan videolavha yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.

Navoiy viloyati Nurota tumani Boʻston MFY Qirxovut qishlogʻida yoʻl va simyogʻochlar ta’mirtalab ahvolda ekanligi ayniqsa, yogʻingarchilik paytida aholiga turli qiyinchiliklar keltirib chiqarishi, qishloq transformatori xam yaroqsiz ahvolga kelib qolganligi va ushbu kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddilardan amaliy koʻmak soʻralgan.

Ushbu murojaat yuzasidan ishchi guruh tomonidan o‘rganish ishlarini olib borild va quyidagilar ma'lum qilinadi.

Oʻrganish natijasida mazkur “Boʻston” MFY hududida hozirgi kunda 388 ta xonadonda 2 414 ta aholi istiqomat qilib, 6 ta qishloq mavjud. (Tutli, Qirxovut, Anna, Tikonli, Sirtsiluv, Qoʻnish).

“Boʻston” mahalla fuqarolar yigʻini hududdagi ichki yoʻllarni ta’mirlash maqsadida joriy yilda jami 6,7 km ichki yoʻllarda shundan 4,7 km shagʻal va 2,0 km asfalt hamda MFY yangi binosi oldi maydoni 495 m2 asfaltlashtirish ishlari amalga oshirilgan boʻlib, jami 2 200,0 mln. soʻm mablagʻ yoʻnaltirilgan.

Jumladan, Qirxovut qishlogʻida 0,820 km ichki yoʻllarni tuproq yoʻldan shagʻal qoplamaga oʻzgartirish ishlari amalga oshirilgan. Bundan tashqari, 2022-2023-yillar davomida “Boʻston” mahalla fuqarolar yigʻini hududida homiylik va hashar yoʻli bilan 2,0 km ichki tuproq yoʻllari shagʻal qoplamaga oʻzgartirildi.

Hududdagi aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida joriy yilda “Qoʻnish” qishlogʻida joylashgan suv inshooti rekonstruksiya qilib, 3 500,0 mln.soʻm mablagʻ evaziga 10 km yangi ichimlik suv tarmogʻini tortish ishlari amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, Boʻston MFY hududida jami 2 dona 160 kVAli transformator oʻrnatish, 276 dona temirbeton tayanchlari qurish hamda 8,4 km havo elektr uzatish tarmoqlari yangidan qurish ishlari amalga oshirilmoqda, ushbu ishlar uchun jami 1 070,0 mln. soʻm mablagʻ yoʻnaltirilgan.

Shundan Qirxovut qishlogʻi hududida elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida joriy yilda 82 dona temirbeton tayanchlari va 1,8 km havo elektr uzatish tarmoqlari yangidan qurish ishlari olib borilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-sentabrdagi PQ-5250-sonli qaroriga asosan "Tashabbusli budjet" loyihasi doirasida "Boʻston" MFY hududidagi 16 va 29-umumta’lim maktablari 1 270,0 mln. soʻm mablagʻ hisobiga joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

Bundan tashqari joriy yilda mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan qiymati 850,0 mln.soʻm boʻlgan yangidan “Boʻston” MFY binosi qurib foydalanishga topshirilganligini ma’lum qilamiz.