NUROTA TUMANI HOKIMI A.FAYZIEVNING MUSTAQILLIGIMIZNING 32 YILLIGI BAYRAMI MUNOSABATI BILAN TUMAN AHOLISIGA BAYRAM TABRIGI
Assalomu alaykum, aziz mehmonlar!
Qadrli tumandoshlar!
Sizlarni va butun tumanimiz ahlini eng ulugʻ, eng aziz bayramlarimizdan biri, qutlugʻ ayyom – Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 32 yilligi bilan samimiy muborakbod etaman.
Sizlarga mustahkam sogʻlik, baxtu saodat, Vatanimiz ravnaqi va xalq farovonligini oshirish yoʻlidagi mas’uliyatli va sharafli faoliyatlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.
Mustaqillik nashidasi har bir inson qalbini nurlarga toʻldirsin. Mamlakatimiz taraqqiyotning oydin yoʻlidan yuksaklik sari dadil odimlayversin.
Xalqimiz omon, Mustaqilligimiz abadiy boʻlsin!