Nurota tumani, Islom Karimov ko'chasi 48 uy

  • Yaratildi: 29.08.2023 08:09

Yangidan qurilgan mahalla binosi foydalanishga topshirildi

Mustaqilligimizning o‘ttiz ikki yilligi munosabati bilan tumanimizdagi 3-sektor hududida joylashgan "Boʻston" MFY binosining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Marosimda tuman hokimining oʻrinbosari Sh.Vafoyev hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Ochilish marosimida tuman hokimi oʻrinbosari Sh.Vafoyev va mahalla vakillari soʻzga chiqib, barchani Mustaqilligimizning oʻttiz ikki yilligi shodiyonasi bilan samimiy tabriklashdi.

Soʻng, ramziy lenta kesish marosimi oʻtkazilib, yangi binoda yaratilgan shart-sharoitlar koʻzdan kechirildi.