Nurota tumani, Islom Karimov ko'chasi 48 uy

  • Yaratildi: 09.08.2023 12:59

Sud tomonidan sayyor uchrashuvlar o‘tkazilmoqda

Jinoyat ishlari boʻyicha Nurota tuman sudining raisi F.Raxmanov tomonidan tumandagi sektor rahbarlari bilan hamkorlikda jinoyatchilik oshgan “qizil hudud” toifasiga kiritilgan hududlardan biri “Shahriston” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi aholi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda sud raisi tomonidan mahalla aholisiga hududda jinoyatchilik oshganligi, jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish lozimligi, keksa avlod vakillari va nuroniylarni birdek masʼul ekanligi taʼkidlandi.

Mazkur hududda ortib borayotgan bezorilik, pora berish hamda tovlamachilik kabi jinoyatlar sodir etilganligi yuzasidan fikr bildirilib, mazkur jinoyatlarning tushunchasi, ushbu jinoyatlar boʻyicha tayinlanadigan jazo turlari, jinoyatchilikning oqibatlari xususida fikr almashildi.

Uchrashuvda mahalla fuqarolar yigʻini faollari tomonidan takliflar va fikr mulohazalar bildirilib, sud-huquq masalasida mavjud boʻlgan murojaatlari tinglandi, ularga murojaatlari yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi.

Ushbu uchrashuvdan maqsad, fuqarolarga jinoyat va huquqbuzarliklar profilaktikasini yoʻlga qoʻyish hamda fuqarolarga jinoyat va huquqbuzarlik uchun jazo muqarrarligini yanada chuqurroq anglatishdan iboratdir.

Furqat Raxmanov, 

Jinoyat ishlari boʻyicha

Nurota tuman sudi raisi