Nurota tumani, Islom Karimov ko'chasi 48 uy

  • Yaratildi: 05.06.2023 09:08

Davlat dasturi bo‘yicha Nurota tumanda 1-yarim yillikda amalga oshirilgan ishlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-fevraldagi “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi bo‘yicha Nurota tumanda 1-yarim yillikda amalga oshirilgan ishlar


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-fevraldagi “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-27-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Viloyat hokimining  2023-yil 11-martdagi 30-5-0-Q/23-sonli qaroriga asosan tuman hokimining 2023-yil 14-martdagi 32-5-74-Q/23-sonli qarori qabul qilinib, Davlat dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida kompleks CHora-tadbirlar dasturi  tasdiqlangan.

Dastur doirasida 7 ta bo‘lim, 37 ta maqsad doirasida eng muhim tashabbuslarni aks ettirgan 63 ta banddan iborat chora-tadbirlar belgilab olindi. Dastur doirasida umumiy qiymati 159 098,6 mln so‘m va 13,2 mln AQSH dollariga teng chora-tadbirni amalga oshirish ko‘zda tutilgan, shundan: Davlat byudjeti va Davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘lari 25 198,6 mln so‘mni,   Ijrochilar va banklar mablag‘lari 133,9 mlrd so‘m va 6,1 mln AQSH dollari hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar mablag‘lari 7,1 mln AQSH dollari ishlatilishi belgilandi.

2023 yil 1-yarim yilligi davomida tumanda quyidagi ishlar amalga oshirildi, jumladan:

MILLIY IQTISODIYOTNI JADAL RIVOJLANTIRISH VA YUQORI O‘SISH SUR’ATLARINI TA’MINLASH.

Nurota tumanini 2023-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida umumiy qiymati 189,1 mlrd.so‘m(o‘z mablag‘i 119,0 mlrd.so‘m, bank krediti 15,0 mlrd.so‘m, xorijiy kreditlar 2,6 mln.dollar, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar 2,0 mln.dollar) ga teng bo‘lgan 40 ta loyihalar ishga tushirilishi natijasida 430 ta Yangi ish o‘rinlari yaratilishi belgilab olingan.

Ushbu 40 ta loyihalardan 17 ta loyihaga auksion savdolari orqali hamda 23 ta loyihalar loyiha tashabbuskorlarining mavjud er maydonida amalga oshirish belgilangan.

YUqoridagi sanoat yo‘nalishidagi 2 ta loyihalar tumandagi kichik sanoat zonasida hamda 2 ta loyihalar yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasida amalga oshirish belgilangan. Bundan tashqari, qo‘shimcha sanoat loyihalarini ishga tushirish hamda Yangi ish o‘rinlarini yaratish maqsadida tumandagi kichik sanoat zonasi hududida “JOM MARBLE” MCHJ QK tomonidan 4,2 gektar er maydonida umumiy qiymati 7,0 mln dollarga teng bo‘lgan granit toshlarni qayta ishlashni tashkil etish loyihasini joriy yil yakuniga qadar ishga tushirilish belgilangan bo‘lib, ushbu loyiha ishga tushirilishi natijasida 100 nafar Yangi ish o‘rinlari yaratish rejalashtirilgan. SHuningdek, ushbu sanoat zonasi hududida “GRANITE INDUSTRIES TECHNOLOGY” MCHJ tomonidan 1,5 gektar er maydonida umumiy qiymati 7,0 mln dollarga teng bo‘lgan granit toshlarni qayta ishlashni tashkil etish loyihasini joriy yil yakuniga qadar ishga tushirilish hamda 150 nafar Yangi ish o‘rinlari yaratish belgilangan.

SHuningdek, joriy yilda 7 ta noruda foydali qazilma konlari (3 ta granit, 2 ta marmar, 1 ta bazalt va 1 ta shag‘al) tegishli tartibda auksion savdolariga chiqarilib, ushbu noruda foydali qazilma konlarni tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan auksion savdolari orqali sotib olindi.

Mahalliylashtirilgan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida “Navoiy eco carbon” MCHJ tomonidan 400,0 ming AQSH dollariga teng bo‘lgan qizilmiya ildizi ekstraktini qayta ishlash uskunasi Turkiya davlatidan olib kelindi. Ushbu loyiha tumandagi kichik sanoat zonasida amalga oshirish belgilangan.

Tumanda 2023 yilda xorijiy investitsiya va xorijiy kreditlarni o‘zlashtirish rejasi 2,5 mln dollar bo‘lib, yanvar-mart oylarida o‘zlashtirish rejasi belgilanmagan bo‘lib, amalda 507,0 ming dollar xorijiy kreditlar o‘zlashtirildi.

Tumanda 2023 yilda eksportni amalga oshirish rejasi 6600,0 ming dollar, shundan sanoat mahsulotlari 6300,0 ming dollar, meva-sabzavot mahsulotlari 300,0 ming dollari etib belgilangan. Jumladan, yanvar-iyul oylari uchun eksport amalga oshirish rejasi 3807,0 ming dollar, shundan sanoat mahsulotlari 3645,0 ming dollar, meva-sabzavot mahsulotlari 162,0 ming dollar etib belgilangan. Eksportyor korxonalar tomonidan joriy yilning 24 iyul kuniga qadar 3806,0 ming dollar sanoat mahsulotlari eksporti amalga oshirilib, yanvar-iyul oylari rejasiga nisbatan 100,0 % ga bajarildi.

Tumanda faoliyat olib borayotgan eksportiyor korxonalarga hamda eksport qilish salohiyatiga ega tadbirkorlik sub’ektlariga Eksportni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yaratilgan imkoniyatlar keng targ‘ib qilib kelinmoqda.

Tumanda eksport qiluvchilargatransportvaboshqa xarajatlarni kompensasiya qilishishlarini davom ettirilmoqda. Jumladan tumandagi “Premier textile” xususiy korxonasiga evropa davlatiga eksport qilishi uchun zarur bo‘lgan “OEKO-TEX STANDART 100” xalqaro sertifikati, bundan tashqari, ushbu korxonaga Rossiya davlatiga qilingan eksporti uchun transport xarajatlarini 50%gacha bo‘lgan qismi eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan doimiy ravishda qoplab kelinmoqda.

 SHuningdek, “Avazsoychorvapoliz” fermer xo‘jaligi tomonidan Isroil davlatiga qilingan eksporti uchun transport xarajatlari ham eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan qoplab berildi.

Tumanda 2023 yilda suv ta’minoti yaxshi bo‘lgan 43 gektar er maydoni aholiga dehqonchilik uchun onlayn savdo maydinchasiga qo‘yilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunga qadar 78 ta lotlarning 59,82 gektar er maydonlarining g‘oliblari aniqlandi. 2022-2023 yilda 135 gektar er maydonida savdo maydonchasida g‘olib deb topilgan dehqon xo‘jaliklari tomonidan 2023 yil hosili uchun 24 gektar dukkakli, 36 gektar sabzavot, 22 gektar poliz, 53 gektar kartoshka ekish rejalashtirilgan bo‘lib bugungi kunda ushbu er maydonlarida qishloq xo‘jaligi ekinlari ekilishi ta’minlandi.

2023 yilda tuman qishloq xo‘jaligining yillik o‘sish sur’atlarini kamida 4 foizga etkazish belgilangan bo‘lib, ushbu topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida tumanda 2023 yil hosili uchun barcha toifa xo‘jaliklarining 432,4 gektarga kartoshka, 431,8 gektarga piyoz, 192,7 gektarga sabzi, 804 gektarga dukkakli don ekinlarini to‘liq ekilishini ta’minlash belgilab olindi. Bugungi kunda 301 gektar kartoshka, sabzavotlar jami 681,3 gektar, 290,5 gektar maydonda poliz ekinlari ekilishi ta’minlandi.

2023 yilda 200 gektar tokzor va 450 gektar Yangi bog‘lar barpo etish va buning uchun 340 ming dona ko‘chatlar etkazib berish rejalashtirilgan bo‘lib bugungi kunga qadar fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan 330 gektar er maydonida shundan 310 gektarda bog‘ va 20 gektar maydonda tok ko‘chatlari ekilishi ta’minlandi.

Ushbu korxonalarga jami 315 ming dona ko‘chatlar etkazib berildi.

Tumanda 2023 yilda 700 gektar lalmi va yaylov yerlarni o‘zlashtirish bo‘yicha tashabbuskorlar tomonidan amalga oshiradigan tadbirlar ko‘rsatib o‘tilgan hamda qo‘shimcha ravishda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirish imkoniyatini yaratish nazarda tutilgan manzilli ro‘yxatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash topshirig‘i belgilangan bo‘lib bugungi kunda manzilli ro‘yxatlar shakllantirilgan hamda tasdiqlangan. Bugungi kunga qadar 1015 gektar er maydonlari tashabbuskorlar tomonidan o‘zlashtirildi.

CHorva mollari bosh sonini ko‘paytirish va mahsuldorligini oshirish bo‘yicha Yangi loyihalarni amalga oshirish. Bunda chorvachilik sohasida 4 ta loyihani amalga oshirish bo‘yicha moliyalashtirish manbalari aniq ko‘rsatilgan manzilli dasturni ishlab chiqish topshirig‘I berilgan bo‘lib bugungi kunda jami tumanda jami qiymati 3,6 mlrd so‘mlik 4 ta shundan 3 ta qo‘ychilik va 1 ta qoramolchilik loyihalarining manzilli ro‘yxati shakllantirilib tasdiqlangan.

Jumladan 2023 yil 2 iyunda “Azimota” fermer xo‘jaligi tomonidan o‘z mabalg‘i hisobidan  200 mln sarflab, 200 bosh mayda shoxli mollar keltirildi. Loyiha ishga tushirilishi natijasida 1 ta Yangi ishchi o‘rni tashkil etildi. (Dalolatnoma №01).

“Golden FFF” fermer xo‘jaligi 2023 yil 03 iyulda o‘z mabalg‘i hisobidan  300 mln sarflab, 30 bosh Qoramollar keltirildi. Loyiha ishga tushirilishi natijasida 2 ta Yangi ishchi o‘rni tashkil etildi. (Dalolatnoma №02).

“Qaynarota” fermer xo‘jaligi 2023 yil 06 iyulda  o‘z mabalg‘i hisobidan 200 mln sarflab, 300 bosh mayda shoxli mollar keltirildi, loyiha ishga tushirilishi natijasida 1 ta Yangi ishchi o‘rni tashkil etildi. (Dalolatnoma №03).

“Toshmaschit chorvasi” fermer xo‘jaligi 2023 yil 05 iyulda  o‘z mabalg‘i hisobidan  200 mln sarflab, 200 bosh mayda shoxli mollar keltirildi, loyiha ishga tushirilishi natijasida 1 ta Yangi ishchi o‘rni tashkil etildi. Ishga tushirish Dalolatnomasi imzolash jarayonida.

ADOLATLI IJTIMOIY SIYOSAT YURITISH, INSON KAPITALINI RIVOJLANTIRISH.

Nurota tuman sport maktabi 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini“Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid kompleks chora-tadbirlar dasturining 67-maqsad: Jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanadigan fuqarolarning sonini oshirish to‘g‘risidagi 207-bandi va209-bandi ijrosi yuzasidan korxona va tashkilotlardagi xotin-qizlarni sportga jalb qilish ularni qiziqishini yanada oshirish maqsadida sportning voleybol stol tennis basketbol va shashka turlari bo‘yicha tuman birinchiligi musobaqalari tashkil etildi. Ushbu musobaqalarga 200 yaqin xotin –qizlar jalb qilindi. Musobaqalarda faxrli o‘rinlarni egallagan xotin-qizlar sport maktab ma’muriyati tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Bundan tashqari tuman sport maktabi 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid kompleks chora-tadbirlar dasturining 210-bandi respublikada sport turlarini ommalashtirish va rivojlantirish maqsadida chekka xudud Yangiturmush MFY da yoshlar o‘rtasida joriy yilning may oyida sportning kurash, shaxmat, voleybol sport turlaridan musobaqalar o‘tkazildi. Bugungi kunda YOshlarimizni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda chekka hududlarda sport turlarini ommalashtirish va rivojlantirish maqsadida ushbu musobaqalarga 195 nafar yoshlar jalb qilindi. Musobaqada faxrli o‘rinlarni egallagan yoshlar tuman hokimligi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

“2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va uni “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat Dasturi”ning ijrosini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturining 160-band 1-xatboshida ko‘rsatilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun joriy o‘quv yilidan tumandagi 22-umumta’lim maktabida inklyuziv ta’lim sinfi joriy qililindi.  Tashkil etilgan inklyuziv ta’lim sinfini ommaviy axborot vositalari orqali ushbu ta’lim tizimining ijobiy tomonlarini ota-onalarga keng targ‘ib qilindi.

            Dasturning 165-band 1-xatboshida ko‘rsatilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash bo‘yicha Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning bepul ovqatlanishini sifatli va uzluksiz tashkil etish  uchun maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga va viloyat hokimligiga quyidagi takliflar berildi.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarni sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash maqsadida “Autsorsing” tizimi orqali ushbu ishlarni tashkil etish, bunda tumanning hududiy joylashuvini inobatga olib olis hududdagi maktablarga ovqatlantirish ishlarni uzluksiz va sifatli tashkil etish uchun aynan olis hududda faoliyat olib boradigan tadbirkorlarni jalb qilish;

ovqatlantirish autsorsing usulida tashkil etiladigan maktablarda autsorser tomonidan ovqatlantirishni tashkil etish uchun foydalaniladigan kommunal xizmatlar to‘lovlari maktabga ajratilgan Davlat budjeti mablag‘lari doirasida qoplash;

maktabda ovqatlantirish autsorsing usulida tashkil etilganda, ijara shartnomasi doirasida autsorserga vaqtincha foydalanishga beriladigan oshxonaning ishlab chiqarish xonalari, asbob-uskunalari, idish-tovoqlari va mebelidan foydalanganlik uchun to‘lov nol stavka bo‘yicha belgilash;  

ovqatlantirish autsorsing usulida tashkil etilishi munosabati bilan tejalgan pul mablag‘lari, birinchi navbatda, maktab o‘quvchilarining ovqatlanish shart-sharoitlarini yaxshilashga yo‘naltirish; 

boshlang‘ich sinflarni ovqatlantirish bo‘yicha taomnomani tuzish, ko‘rib chiqish, tashkil etish ovaqtlantirish ishlaridan so‘ng tozalash ishlarini tashkil etish bo‘yicha tegishli mutasaddilar bilan foydalanish yo‘riqnomasini ishlab chiqish;

ovqatlantirish ishlariga qo‘shimcha ravishda autsorserga toza, sifati kafolatlangan ichimlik suvi bilan ta’minlash vazifalarini yuklatish;

1-4 sinf o‘quvchilari uchun respublika bo‘yicha yagona namunaviy taomnoma joriy etish belgilanib olindi.

Aholiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatish, kitobxonlikni keng ommalashtirish hamda “Kitobsevar millat” umummilliy g‘oyasini ro‘yobga chiqarish belgilangan. Dasturning 224-bandi  ijrosi yuzasidan joriy yilning mart oyida tumandagi barcha ta’lim maktablarida kitob yarmarkalari o‘tkazilib, o‘tkazilgan  yarmarkalarda  Jami: 614 nomdagi 1644 dona adabiyotlar ta’lim muassasalarining kutubxonalariga kirim qilindi. SHundan 1265 donasi lotin yozuvidagi adabiyotlar bo‘lsa,  379 donasi krill yozuvadigi adabiyotlarni tashkil qiladi.

2023 yilgi Investitsiya dasturiga asosan jami 1 ta umumta’lim maktabiga 160 o‘rinli qo‘shimcha bino qurish.

2023 yilgi Investitsiya dasturiga asosan jami 1 ta umumta’lim maktabiga 220 o‘rinli qo‘shimcha bino quriladi. Maktab koifitsienti 2 dan yuqori bo‘lgan tumandagi 27-umumta’lim maktabida qurilish ishlari amalga oshirilib Yangi o‘quv yili uchun foydalanishga topshiriladi.

Umumta’lim maktablaridagi 4 ta ma’nan eskirgan kompyuter sinflarini Yangilash buyicha kompyuter texnikalari manan eskirgan va kompyuter texnikasiga extiyoji mavjud maktablar ro‘yxati shakillantirilib Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasiga taqdim etilgan.

Dastur doirasida Nurota tumanida Birlamchi tibbiy-sanitariya xizmatida aholiga malakali xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash borasida:

18 - 40 yoshdan  yuqori  12286 nafar fuqarolar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi,

40 yosh va undan katta 21092 nafar fuqarolarni  yurak-qon tomir va qandli diabet  kasalligi  bo‘yicha skrining qilindi;

17720 nafar maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchilari va o‘rta maktab o‘quvchilarini  tibbiy  ko‘riklari tashkillashtirildi;

1007  nafar  xotin - qizlarni bachadon bo‘yni saratoniga tekshiruvdan o‘tkazildi;

1341 nafar xotin qizlarni ko‘krak bezi saratoniga skrining tekshiruvidan o‘tkazildi;

9100 nafar 2-10 yoshdagi bolalarga gelmintoz profilaktikasi uchun Albendazol tabletkasi tarqatildi;

6062 nafar homilador ayollarga antistrumin tabletkasi ya’ni yod preparati berildi;

3-15 yoshdagi 3792 nafar bolaga  yod preparati tarqatildi;

15-35 yoshdagi  1617 nafar tug‘ish yoshidagi xotin- qizlarga temir, foliy kislota  tarqatildi;

SHoshilinch tibbiy bo‘limi emergencyga aylantirilib SHoshilinch tarkibidagi o‘rinlar rejali o‘rinlarga o‘tkazilib axoliga  tibbiy xizmat ko‘rsatilmoqda.

MA’NAVIY TARAQQIYOTNI TA’MINLASH VA SOHANI YANGI BOSQICHGA OLIB CHIQISH.

SHuningdek Madaniyat, san’at, sport, intellektual o‘yinlar, kitobxonlik, “IT” bo‘yicha 5 bosqichli Besh tashabbus olimpiadacini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar loyihasini ishlab chiqilib, musobaqalarning mahalla, sektor bosqichlarini o‘tkazishga start berildi.

Madaniyat va san’at sohalarini yanada rivojlantirish, madaniyat muassasalari va ob’ektlariningmoddiy-texnika bazasini yaxshilash borasida 2023 yilda tumanda o‘tkaziladigan ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarini yillik kalendar rejasini tasdiqlanib, bunda har bir mahallada “Madaniyat karvoni”, “Madaniyat kunlari”, “Milliy kino kunlari”, “Kitob aksiyasi” tadbirlari, badiiy va sirk jamoalari, davlat teatrlarining hududlarga gastrol safarlari, konsert va maydon tomoshalari, ijodiy uchrashuvlarni tashkil etish va o‘tkazish belgilandi.

Nurota tuman Ma’naviyat va ma’rifat bo‘linmasi hamda tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi bilan hamkorlikda 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini“Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid kompleks chora-tadbirlar dasturining 235-bandida ijrosi yuzasidan yoshlarni va aholini kitob mutolaasi va o‘qishga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish maqsadida “Qadrdon maktabimga kitob sovg‘a qilaman" loyihasi  asosida Nurota tuman 42 - umumta’lim maktabida kitob yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. YArmarka davomida20 yaqin ota- onalar hamda o‘quvchi yoshlar tomonidan 50 yaqin badiiy kitoblar berildi.

MILLIY MANFAATLARDAN KELIB CHIQQAN HOLDA UMUMBASHARIY MUAMMOLARGA YONDASHISH.

Nurota tumanida 2023-yil bahor mavsumida “YAshil makon” umummilliy loyihasi doirasida tuman bo‘yicha jami 604 ming dona manzarali va mevali ko‘chatlar hamda qalamchalar ekish rejalashtirilgan bo‘lib, 1-chorakda tuman SHtabi tomonidan 610 ming dona ekilgan ko‘chatlar platformaga kiritilib, belgilangan reja 100,9 foizga bajarilgan.

2023 yil kuzgi mavsumda 600 ming dona mevali va manzarali ko‘chatlari ekilishi rejalashtirilgan.

Nurota tumanida 12 ta ko‘p kvartirali uy-joylarni jumladan 7 ta ko‘p kvartirali uylarning tom qismini joriy va mukammal ta’mirlash, 9  ta kirish yo‘laklari, 4 ta uylarning fasad qismi, 3 ta uylarning ichki muhandislik, 8 ta uylarning erto‘la qismi hamda 37 dona elektr taqsimlovchi shitlarni ta’mirlash bo‘yicha manzilli ro‘yxatni shakllantirish va unda belgilangan tadbirlarni amalga oshirish belgilangan bo‘lib, bugungi kunda ushbu 12 ta ko‘p kvartirili uy-joylarni ta’mirlash maqsadida loyiha-smeta hujjatlari tayyorlanmoqda.

Tuman aholisini markazlashgan ichimlik suv ta’minoti bilan ta’minlash darajasini 81 foizga etkazish. Bunda 14 km ichimlik suv tarmoqlari, 3 dona ichimlik suv inshootlari qurish va rekonstruksiya qilish belgilangan bo‘lib, Nurfaxr MFY Parpiuzoq massiviga 16 km suv tarmoqlari va 1 dona suv inshooti Yangidan qurildi, Suvliq MFY Suvliq qishlog‘iga 7,1 km suv tarmoqlari va Yangidan qurilib, 2 dona suv inshootlari qurildi.

2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va uni “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat Dasturi ijrosini ta’minlash yuzasidan ishlab chiqilgan kompleks chora-tadbirlar Dasturini amalga oshirish bo‘yicha Tuman ishchi guruhi yil davomida Farmon va davlat dasturining ijrosini har hafta yakuni bo‘yicha muhokama qilib borish, aniqlangan muammoli masalalarni tezkor bartaraf etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirib boradi.