Nurota tumani, Islom Karimov ko'chasi 48 uy

  • Yaratildi: 27.07.2023 19:07

Matbuot anjumani

Nurota tumanida Kambag’allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi tomonidan joriy yilning yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan MATBUOT ANJUMANI


Bugungi kunda, mamlakatimizda aholi bandligini ta’minlash va kambagʻallikni qisqartirish masalasi davlat siyosatining eng muhim yoʻnalishlaridan biridir.

Xususan, Muhtaram Prezidentimizning tashabbusi bilan aholi bilan bevosita ishlaydigan 5 ta tashkilot birlashdi va yagona tizimga aylandi.

Ushbu tizim doirasida joriy yilning oʻtgan davri mobaynida aholi bandligini ta’minlash sohasida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi.

Avvalambor sizlarning e’tiboringizni ayrim statistik raqamlarga qaratsak.

Nurota tumanda yil boshida ishsizlar soni 3483 ming nafarni va ishsizlik darajasi 9,3 foizni tashkil etmoqda.

Tumanda 2023-yil uchun bandlik dasturi tasdiqlangan boʻlib, unga asosan 21358 ta doimiy va mavsumiy ish oʻrinlari yaratilishi belgilangan.

Ushbu vazifalardan kelib chiqib, joriy yilning oʻtgan davri mobaynida tarmoqlar kesimida 11852 ta ish oʻrni yaratilib, yillik reja 55,5 foizga bajarildi.

Shundan, qurilish va qurilish materiallarini ishlab chiqarish sohasida 377 ta, investitsiya dasturlari doirasida 1288 ta, Qishloq xoʻjaligi sohasida 5647 ta, tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga 4540 ta ish oʻrni yaratildi.

Shuningdek, joriy yilning 1-yarim yilligi davomida tuman bandlikka koʻmaklashish boʻlimlarigamurojaat qilgan 1138 nafar fuqarolarga bandlik xizmatlari koʻrsatildi.

Shundan, 495 nafar (43 %) fuqarolar doimiy ishga joylashtirilgan, 223 nafari (19,3 %) vaqtinchalik jamoat ishlariga jalb etilgan hamda 540 nafari kasb-hunarga oʻqitish uchun jalb qilingan.

Bundan tashqari, bandlik xizmati koʻrsatish imkoni boʻlmagan 6 nafar ishsiz fuqarolar davlat tomonidan ijtimoiy himoyaga olinib ishsizlik nafaqalari tayinlangan (har bir fuqaroga 6 oy davomida kamida 920 ming soʻmdan).

Ushbu tadbirlar uchun bandlikka koʻmaklashish va jamoat ishlari jamgʻarmasidan 8,2 mlrd.soʻm mablagʻ ajratildi.

Ishsiz aholini, jumladan xotin-qizlar hamda Oliy ta’lim muassasalari talabalarining bandligini ta’minlash maqsadida hududlardagi ishsizlik darajasi yuqori boʻlgan mahallalarda 7 marotaba boʻsh ish oʻrinlari boʻyicha “mehnat yarmarka”lari oʻtkazilib, ushbu mehnat yarmarkalarida 176 nafar fuqarolar doimiy ish oʻrinlariga joylashtirildi, 8 nafari haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb etildi hamda 10 nafar fuqarolar kasb-hunarga oʻqitishga yoʻnaltirildi.

Shuningdek, ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan 43 nafar fuqarolar zaxiralanganish oʻrinlariga joylashtirildi.

Bundan tashqari, tuman boʻyicha aniqlangan ishsiz fuqarolar hamda ularni bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlarni aks ettirib boruvchi меҳнат.нв.уз elektron platformasi ishga tushirildi.

Bugungi kunda ushbu platmormaga 2586 nafar ishsiz fuqarolar hamda ulardan 1870  nafarining yoki 72,3 foizining bandligi ta’minlanganligi boʻyicha ma’lumotlar kiritildi.

Yil boshidan hokim yordamchilari tomonidan 16 100  ta xonadonlar xatlovdan oʻtkazildi.

Natijada 2 740 ta yoki 17,3 foizbirinchi toifa(ishsizlik yuqori, ijtimoiy homoyataga muxtoj) xonadonlar, 8 798 ta yoki 56 foiz ikkinchi toifa(oʻrtacha daromadli) hamda 4 436 tayoki 28 foizuchinchi toifa (daromadi yaxshi, oʻziga toʻq) xonadonlar belgilab olindi.

Hokim yordamchilari tomonidan buguni kunga qadar 11 852 nafar aholi doimiy daromad manbai bilan ta’minlandi, shundan;

- 9 845 nafar fuqarolar doimiy va mavsumiy ish joylariga joylashtirildi, 1 246 nafari oʻzini oʻzi band qilgan sifatida rasmiylashtirildi,

- shuningdek, 135 nafari fuqarolar ijara asosida gʻalladan boʻshagan yer maydonlarini ajratish hisobiga bandligi ta’minlandi.

shuningdek,hokim yordamchilari tavsiyanomalari asosida 822 ta loyihaga jami 20,1 mlrd.soʻm imtiyozli kredit ajratilib, 975 nafar fuqarolar band qilindi.

Aholi bandligini ta’minlash masalasida bandlikka koʻmaklashish markazlarining yoʻllanmalari asosida jami 540 nafar fuqarolar mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan 10 turdagi kasb-hunarlarga oʻqishga jalb qilindi:

Shundan, 525 nafari vazirlik tizimidagi oʻquv markazlarida (Navoiy shahri, Nurota tumani Monomarkazlari), 15 nafari boshqa oʻquv muassasalariga (Kollej, texnikum, Kasb-hunar maktablari....) oʻqishga jalb qilindi.

Ushbu oʻquv kurslarini 274 nafar fuqarolar tamomlagan boʻlib, shundan 268 nafarining bandligi ta’minlandi.