OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSH VAZIRI OʻRINBOSARI, OILA VA XOTIN-QIZLAR DAVLAT QOʻMITASI RAISI Z.MAHKAMOVA NUROTA TUMANIGA TASHRIF BUYURDI
Tashrifda tuman hokimi A.Fayziyev, tuman prokurori F.Norov hamda viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi M.Mamadiyarovalar hamrohlik qilib, tumandagi xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, bandligini ta’minlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish yoʻnalishlarida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishishdi.
Shuningdek, "Yangihayot" MFYda joylashgan "Yangiobod" OSHPda qishloq aholisi shuningdek, nuroniylar, onalar va bolalar uchun tashkil etilgan tibbiy koʻrik bilan tanishib, aholining tibbiy savodxonligini oshirish amalga oshirilayotgan ishlar, "Sogʻlom onadan sogʻlom bola" tamoyili asosida ishlarni tashkil etish buyicha oʻz tavsiya va koʻrsatmalarini berdi.
Shundan soʻng, “Nurota –kashtachilik maktabi” nodavlat ta’lim muassasasi faoliyati hamda hamda xotin-qizlar bandligi va hunarmandchilik yoʻnalishida olib borilayotgan ishlar va kelgusidagi rejalar bilan tanishdi.
Undan tashqari tumandagi "Oqila ayollar" harakati a’zolari bilan suhbatlashib, tuman mahallalarida ushbu harakat a’zolarining olib borayotgan ishlari, ijtimoiy-ma’naviy muhitni sogʻlomlashtirishda qoʻshayotgan hissalari yuzasidan davra suhbatlari oʻtkazildi hamda dizayner tikuvchilarning ijodlariga mansub "Milliy liboslarda zamonaviy va an’anaviy qadriyatlar uygʻunligi" mavzusida liboslar koʻrgazmasida ishtirok etishdi.