Nurota tumani, Islom Karimov ko'chasi 48 uy

  • Yaratildi: 17.07.2023 10:46

RASMIY MUNOSABAT

Nurota tumani markaziy koʻchalaridagi tungi yoritgich chiroqlari kunduzi yoniq holda ekanligi aks etgan videolavha yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.

Joriy yilning 16-iyul kuni tuman "Obodonlashtirish" boshqarmasi ishchi xodimlari tomonidan Nurota tumani markaziy koʻchalaridagi tungi yoritgichlarda joriy ta’mirlash ishlari olib borilganligi sababli chiroqlar yoniq holda boʻlganligini ma’lum qilamiz.