Nurota tumani, Islom Karimov ko'chasi 48 uy

  • Yaratildi: 07.07.2023 09:58

2023-yilning 6 oyligi davomida jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltirilgan mablagʻlar hisoboti toʻgʻrisida

Fikr erkinligi tafakkurni yuksaltirib, insonning yurt istiqboliga boʻlgan daxldorlik tuygʻusini tarbiyalaydi. Shu ma’noda «Tashabbusli budjet» ham mahalliy budjet mablagʻlarining aholi tomonidan ovoz berish orqali yoʻnaltirilishida, qolaversa, xalq irodasini sinovdan oʻtkazishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Prezidentimizning 2021-yil 13 apreldagi “Budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori bilan amaldagi mexanizm yanada takomillashtirilib, oʻtgan yildan boshlab tuman va shahar budjetlari xarajatlarining 5 foizi bevosita fuqarolar tomonidan bildirilgan tadbirlarga yoʻnaltirilishi belgilab qoʻyildi. Bundan tashqari, joylarda fuqarorlarni qiynab kelayotgan muammolarni aynan oʻzlarining tashabbuslari asosida yechimini topish imkoniyatini yaratish maqsadlariga ajratilayotgan qoʻshimcha daromadlarning 10 foizlik miqdori 30 foizga koʻtarildi. Mazkur jarayonlarda fuqarolarning faol ishtirok etishi oʻz hududlaridagi mavjud dolzarb muammolarni bartaraf etilishida hamda budjet mablagʻlarini toʻgʻri taqsimlanishida oʻz hissalarinini qoʻshishlariga keng imkoniyatlar yaratadi.  Chunki, birinchi navbatda, kiritilayotgan taklifda koʻrsatilgan muammo umumiy xarakterga ega boʻlishi va oʻzida shaxsiy ehtiyoj bilan bogʻliq talablarni aks ettirmasligi lozim, — deydi Nurota tuman moliya boʻlimi boshligʻi Sanjar Haydarov. Misol uchun, ichki yoʻllarni ta’mirlash, ichimlik suvi ta’minotini, yoritish tizimini yaxshilash, hududlarni obodonlashtirish, oqova suv tizimini tartibga keltirish, bolalar yoki sport maydonchalarini barpo etish, ijtimoiy soha ob’yektlarini ta’mirlash yoki moddiy texnik bazasini shakllantirish kabi takliflar inobatga olinadi.

Amaldagi tamoyilga koʻra, tashabbusli budjet jarayonlari har yil ikki marta, 3 bosqichda amalga oshiriladi. Xususan, birinchi yarim yilligini 1-fevraldan - 1-aprelgacha, uning ikkinchi mavsumini esa 15-iyuldan - 5-sentabrgacha oʻtkazish rejalashtirilgan.Har bir mavsumning birinchi bosqichida fuqarolar oʻz takliflarini ilgari surishadi, ikkinchisida bildirilgan takliflar moderatsiya jarayonidan oʻtkaziladi. Uchinchisida saralangan takliflar ovoz berishga qoʻyiladi. Qayd etish joiz, saralash bosqichidan oʻtgan barcha takliflarga ovoz berish imkoniyati beriladi. Bunda, har bir taklifning oʻz sahifasida “ovoz berish” tugmasi boʻlib,uni qoʻllab-quvvatlamoqchi boʻlgan fuqarolar ushbu tugmani bosish orqali faqat bir marotaba ovoz berishlari mumkin. Bu jarayon 2 xil usulbilan: “Ochiq budjet” portalida roʻyxatdan oʻtgan holda hamda SMS xizmati orqali amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, har bir fuqaro bevosita oʻzi istagan manzil, shu bilan birga, umuman boshqa hudud boʻyicha ishtirok etib ham tashabbuskor boʻlishi imkoniyati ham bor. Bu esa ma’lum bir taklif gʻolib deb topilishi uchun aynan oʻsha manzilda istiqomat qiladigan yoki roʻyxatdan oʻtgan fuqarolar ishtirok etishi lozim degan cheklovni rad etadi. Ammo bir fuqaro faqatgina bitta loyihani qoʻllab-quvvatlay oladi.

Ushbu jarayon dastlab One ID tizimi orqali yoʻlga qoʻyilgan edi. Soddalashtirish maqsadida fuqarolarimizdan faqat telefon raqamlariga bogʻlangan holda roʻyxatdan oʻtish tizimini joriy qilindi. Bu anonim takliflar yoki sun’iy tarzda ovozlarning koʻpayib ketishning oldini oladi. Natijada fuqaroda bitta jarayonda bitta taklif kiritish imkoniyati mavjud boʻladi. Agar biz telefon raqami orqali nazoratni olib tashlaydigan boʻlsak, bir fuqaro yuzlab takliflarni kiritishi yoki ovoz berishi mumkin boʻladi. Shu bois adolat prinsipidan kelib chiqib, har bir fuqaroning bir marta taklif kiritishi va ovoz berishi jarayoni yoʻlga qoʻyildi.

Har bir tuman yoki shaharning oʻzida eng koʻp ovoz toʻplagan takliflar miqdoridan kelib chiqqan holda “gʻolib” aniqlanadi. Oddiy qilib aytganda, takliflarga qanchalik koʻp ovoz toʻplansa, yutish imkoniyati ortadi va eng koʻp ovoz olganlari yuqoridan pastga qarab saralab olinadi.

Ovoz berish jarayoni yakunlariga koʻra, “Ochiq budjet” axborot portali avtomatik ravishda har bir hudud boʻyicha eng koʻp ovoz toʻplagan takliflar asosida “gʻolib”larni aniqlaydi va muallifining shaxsiy kabineti orqali hamda mobil telefon raqamiga bu xaqda xabar yuboriladi.

Joriy yilningbirinchi mavsumi uchun fuqarolar tomonidan takliflar 1-fevraldan 22-fevralgacha qabul qilingan. Ilgari surilgan tashabbuslar moderatorlar tomonidan koʻrib chiqilgach, ovoz berish jarayoni 5-martdan 1-aprelgacha davom etdi.

Har bir mahalla va ovulda “Ochiq budjet” axborot portalida taklif qoldirish va ovoz berish jarayoniga koʻmaklashuvchi “mobil” guruhlar hamda “tashabbuskorlar burchagi” tashkil etildi.

Joriy yil dastlabki mavsumi yakunlariga koʻra,2023-yil  1-mavsumida “Fuqarolar tashabbusi” jamgʻarmasiga jami  8 968.2 mln.soʻm mablagʻ shakllantirildi.

Ma’lumot uchun, 01.01.2023-yil boshiga qoldiq 930,1 mln soʻm, erkin qoldiq va daromadlar rejasining ortiqcha bajarilgan qismi xisobidan  mablagʻlarildan 720,2 mln. soʻm, Oldingi tashabbusli budjet jarayoni yakunlariga koʻra ishlarni amalga oshirish uchun ajratilgan mablagʻlar bilan shartnomaga muvofiq yakuniy mablagʻlarga nisbatan boʻshab qolgan (iqtisod qilingan) qismini jamgʻarmaga qayta tiklash hisobidan 461.2 mln.soʻm, Tuman (shahar) budjetining tasdiqlangan umumiy xarajatlarining 5 foiz qismi, xamda 2000 tadan ortik ovoz toʻplagan gʻolib loyixalar uchun ajratilgan mablagʻlar 6 856,8 mln. soʻmni tashkil qiladi.

Ushbu mablagʻlar uchun fuqarolar tomonidan 142 ta turli xil mazmundagi takliflar kelib tushdi. Ovoz berish jarayonlariga 41802 ga yaqin fuqarolar ishtirok etib, natijada 7947.7 mln.soʻmlik 10 ta loyihalar gʻolib deb topildi. Jumladan;

-7 ta loyiha 5 047.9 mln. soʻm ta’lim muassasalarini ta’mirlash va jixozlash;

- 1 ta loyiha 1 200.0 mln. soʻm maktabgacha ta’lim tashkiloti qurish;

- 1 ta loyiha  1 199.9 mln. soʻm tibbiyot ob’yektlarini jixozlash;

- 1 ta loyiha 500.0mln. soʻm boshqa ta’lim muassasalarnii moddiy texnika ba’zasini mustaxkamlash kabi aholini uzoq yillardan beri qiynab kelayotgan muammolarini bartaraf etilishiga yoʻnaltirildi.

Misol uchun, Nurota tumani Qadoq maxalla fukarolar yigʻini tashabbuskorlari tomonilan ushbu maxallada joylashgan 47 son umumta’lim maktabi yonbosh qismidan 80 oʻrinli maktabgacha ta’lim tashkiloti qurish loyixasi kiritilgan . Ushbu mahallalarda istiqomat qiluvchi aholi ushbu muammoni koʻtarib, 3188 ta ovoz toʻplab gʻoliblikni qoʻlga kiritdi va 1 200 mln. soʻm yutib olishga muvaffaq boʻldi.

Shuningdek, Nurota tumanida ta’lim ta’lim muassasalarini yanada kengaytirish oʻquv mashgʻulot, kasbga yoʻnaltirish xonalarini zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash yuzasidan 8 ta takliflar kelib tushgan.

Ushbu tashabbuskorlar ushbu muammoni koʻtarib, 22644 ta ovoz bilan gʻolbilikni qoʻlga kiritishdi va 5 547,9 mln. soʻm miqdorida mablagʻ yutib olishga erishdi. Pirovardida Nurotalik fuqarolarni  uzoq yillardan beri qiynab kelayotgan muammolari bartaraf etilmoqda.

“Tashabbusli budjet” ning ikkinchi mavsumiga 15-iyulda start oladi. Unda ham mamlakatimizda yashovchi har bir fuqaro tashabbuskor va ovoz beruvchi boʻlishi mumkin.  Birinchi mavsumda ishtirok etgan va yetarli ovoz toʻplay olmagan loyihalar dolzarbligini yoʻqotmagan boʻlsa, ikkinchi mavsumda takroran ilgari surilishi mumkin.

Nurota tumanida 2023-yilning 6 oyligi davomida jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltirilgan mablagʻlar hisoboti toʻgʻrisida

BATAFSIL