Nurota tumani, Islom Karimov ko'chasi 48 uy

  • Yaratildi: 24.06.2023 16:00

Nurotada “Nurli navolar” II xalqaro folklor festivali bo‘lib o‘tdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi hamda qarori bilan Milliy qoʻshiqchilik san’atining durdonasi boʻlgan folklor san’atini keng targʻib etilib, turli xalqlarning qoʻshiq, raqs, musiqa va sahna koʻrinishlari kabi janrlarini oʻzida mujassam etgan, ularning turmush tarzi, urf-odatlari va qadriyatlarini hamda ma’naviy dunyosini boyitib kelayotgan folklor san’ati ijodkorlari oʻrtasida ijodiy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, oʻzbek folklor san’atini yanada taraqqiy ettirish, xalq ijodiyoti an’analarini jahonga tarannum qilish maqsadida “Nurli navolar” II- xaqlaro festivali Nurota tumanida oʻtkazildi.


Festival avvalida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi oʻrinbosari Axmedov Bahodir Mijidovich hamda Navoiy viloyati hokimi oʻrinbosari S.Mirzayev soʻzga chiqib festival ishtirokchilarini qizgʻin tabrikladi.


Shundan soʻng, Nurota tumani hokimi A.Fayziyev hamda Navoiy viloyat Madaniyat va turizm boshqarmasi boshligʻi N.Niyazovlar oʻrin olgan jamoalarni tabriklab, ularga diplom, esdalik sovgʻalar va pul mukofoti sertifikatlarini tantanali ravishda topshirdilar.


Birinchi nominatsiya “Qoʻgʻirchoqbozlik” tomosha san’ati yoʻnalishida 1-oʻrin Jizzax viloyati, Forish tumani madaniyat va turizm boʻlimi huzuridagi “Bogʻdon” folklor-etnografik xalq jamoasiga nasib etdi.

Ikkinchi nominatsiya “Folklor” san’ati yoʻnalishida 1-oʻrin Navoiy viloyati, Xatirchi tumani madaniyat va turizm boʻlimi huzuridagi “Yor-yor” folklor-etnografik xalq jamoasi.
2-oʻrin Surxondaryo viloyati, Shoʻrchi tumani madaniyat va turizm boʻlimi huzuridagi “Bulbuligoʻyo”folklor-etnografik xalq jamoasi.
3-oʻrin Qoraqalpogʻiston Respublikasi,Taxtakoʻprik tumani madaniyat va turizm boʻlimi huzuridagi “Shugʻla” folklor-etnografik xalq jamoasi qoʻlga kiritishdi.


Uchinchi nominatsiya Milliy urf-odatlarning eng yaxshi talqini yoʻnalishida 1-oʻrin Fargʻona viloyati Furqat tumani madaniyat va turizm boʻlimi huzuridagi “Shodiyona” folklor-etnografik xalq jamoasi.
2-oʻrin Milliy qadriyatlarning eng yaxshi sahnaviy talqini uchun Namangan viloyati Yangiqoʻrgʻon tumanimadaniyat va turizm boʻlimi huzuridagi “Shodiyona” folklor-etnografik xalq jamoasi.
3-oʻrin Koʻhna cholgʻudan samarali foydalangan jamoa Qashqadaryo viloyati Kitob tumani madaniyat va turizm boʻlimi huzuridagi “Kifti-ob ohanglari” folklor-etnografik xalq jamoasi qoʻlga kiritdi.