Nurota tumani, Islom Karimov ko'chasi 48 uy

  • Yaratildi: 22.06.2023 09:35

Korrupsiyasiz faoliyat rivojlanish garovi

Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining Nurota tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi harbiy xizmatchi, xizmatchi va yong‘in qutqaruv qismi qutqaruvchilari bilan "Korrupsiyasiz faoliyat rivojlanish garovi” mavzusida Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining ma'sul xodimlari ishtirokida targ‘ibot tashqivot hamda yig‘ilishlari o‘tkazildi.

Ushbu targ‘ibot ishlari davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muxitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari tug‘risida” Farmoni hamda “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar tug‘risida” qarorining mazmun mohiyati, O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari va qonunosti normativ-huquqiy hujjatlari talablariga, Qurolli Kuchlar Umumharbiy nizomlari talablariga, Favqulodda vaziyatlar vazirining buyruq va ko‘rsatmalariga, “Odob-axloq me'yorlari”ga qat'iy rioya qilinishini, korrupsiya va boshqa turdagi jinoyatlar, ma'muriy huquqbuzarliklar va harbiy intizom talablarining qo‘pol ravishda buzilishi kabi salbiy holatlar sodir etilishining oldini olish va boshqa shu kabi masala yuzasidan shaxsiy tarkibga yetkazildi.