Nurota tumani, Islom Karimov ko'chasi 48 uy

  • Yaratildi: 31.05.2023 17:21

“Korrupsiya” – taraqqiyot kushandasi

Navoiy viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i L.Xayrullayev hamda Nurota tuman hokimi A.Fayziyev rahbarligida “Korrupsiyaga qarshi kurashish” yuzasidan amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda sektor rahbarlari, tumandagi barcha hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari hamda MFY raislari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi hamda “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonunlar, shuningdek, Navoiy viloyati hokimining “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 595-sonli qarori mazmun mohiyati bilan to‘liq tanishtirildi.

Shuningdek, hokim yordamchilari hamda MFY raislari faoliyati davomida salbiy oqibatlarga yo‘l qo‘ymaslik, korrupsiyaning har qanday ko‘rinishlariga qarshi keskin kurashish, o‘ziga yuklatilgan funksional xizmat vazifalarini qonun talablari asosida sidqidildan bajarish, qonun talablaridan chetga chiqmaslik, noqonuniy hatti-harakatlar sodir etilishi holatlarini oldini olish kerakligi yuzasida tavsiya va tushuntirishlar berildi.