Sessiya kun tartibida o‘rin olgan masalalar
1. Nurota tumanida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi uchastka saylov komissiyalari a’zoligiga nomzodlarni tavsiya etish toʻgʻrisida.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-noyabr kuni Navoiy viloyatiga tashrifi davomida bildirilgan tashabbuslar va belgilab berilgan vazifalarni Nurota tumanida 2022-2023-yillarda amalga oshirish yuzasidan “Yoʻl xaritasi”ning ijrosi toʻgʻrisida.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-87-son Farmoni bilan belgilangan vazifalarning ijrosi borasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida.
4. Tumanda uzumchilikni rivojlantirishda klaster tizimini joriy etish, sohaga ilgʻor texnologiyalarni jalb qilishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida.
5. Tumandagi hokim yordamchilari faoliyatini natijadorligini oʻrganish toʻgʻrisida.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi “Xalq ta’limini rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-241-son qarorining tumandagi ijrosi toʻgʻrisida.
7. Nurota tumani aholisi va ijtimoiy soha ob’yektlarini 2023-yilda energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida.
8. «Yoshlarni har tomonlama qoʻllab quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida» tumanda yoshlar tomonidan koʻtarilgan taklif va tashabbuslar, muammo va masalalar yechimi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida.
9. «Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining tuman maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi ijrosini oʻrganish natijalari toʻgʻrisida.