Nurota tumani, Islom Karimov ko'chasi 48 uy

  • Yaratildi: 20.04.2023 09:50

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarning birida Nurota tumani Nurfaxr MFY "Parpi Uzoq" massivida toza ichimlik suvi uchun tarmoq tortish ishlar uchun kovlab tashlangan yo‘llar boʻyicha chop etilgan murojaat yuzasidan quyidagilar aniqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktabrdagi PQ-408-son qaroriga asosan, “NURFAXR” MFY aholisi hamda "Parpi Uzoq" ko‘chasi aholisi uchun toza ichimlik suv bilan ta'minlash maqsadida suv inshooti qurilish ishlari olib borilmoqda. Ushbu suv inshooti ishga tushirilihi natijasida 482 ta xonadon ilk bor toza ichimlik suvi bilan to‘liq ta'minlanadi. Loyiha qiymati 2,3 mlrd soʻm boʻlib, Respublika byudjeti mablagʻlari hisobidan 18,2 km toza ichimlik suvi bilan taʼminlash maqsadida barpo etilmoqda. Bugungu kunda mazkur qurilish ishlar davom ettirilib joriy yilning may oyi oxiri bilan to‘liq qurib, aholi uchun foydalanishga topshiriladi.