Nurota tumani, Islom Karimov ko'chasi 48 uy

  • Yaratildi: 17.05.2023 10:59

Soliq qonunchiligini qo‘llash


Joriy yilning 16-may kuni Nurota tumani davlat soliq inspeksiyasi binosida Navoiy viloyat sudining tashabbusi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi “Sudlar tomonidan soliq qonunchiligini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori, toʻlovga qobiliyatsizlikka oid ishlarni koʻrishda yuzaga kelayotgan muammolar va tugatish ishlarini amalga oshirish jarayonida eʼtibor qaratilishi lozim boʻlgan holatlar yuzasidan Navoiy viloyat sudining sudyasi T.Qaxxorov, Navbahor tumanlararo iqtisodiy sudi raisi Sh.Xamidov, shuningdek Nurota tumani davlat soliq inspeksiyasi xodimlari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Navoiy viloyat sudining sudyasi T.Qaxxorov seminar ishtirokchilariga Oʻzbekiston Respublikasining “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi Qonuni mazmun-mohiyati haqida qisqacha toʻxtalib oʻtdi. Shuningdek sudning qaroriga asosan toʻlovga qobiliyatsiz deb topilgan va oʻziga nisbatan tugatishga doir ish yuritish yoki mol-mulkni sotish tartib-taomili qoʻllaniladigan qarzdor korxonalarga tartib-taomillarni qoʻllashda alohida ahamiyat kasb etgan holatlar va tugatish jarayonining oʻziga xos xususiyatlariga eʼtibor qaratish lozimligi hamda nochor, zarar koʻrib ishlayotgan hamda istiqbolsiz, toʻlovga qobiliyatsiz deb topilgan korxonalarni tugitishda ishlarni sifatli va qonunda belgilangan muddatda olib borish, shuningdek tugatish jarayonida amaliyotdagi muammolar va ularning yechimlariga hamda kreditorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Navbahor tumanlararo iqtisodiy sudi raisi Sh.Xamidov