Nurota tumani, Islom Karimov ko'chasi 48 uy

  • Yaratildi: 29.04.2023 11:39

Ochiq muloqot

Yoshlar bilan ishlash samarodorligini oshirish hamda tumanda gi yoshlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar yuzasidan ochiq muloqot oʻtkazildi

Yoshlar ishlari agentligi hamda ularning mahalladagi vakillari tomonidan bajarilgan ishlar toʻgʻrisida ochiq muloqot boʻlib oʻtdi.

Unda Yoshlar ishlari agentligi Nurota tumani boʻlimi rahbari U.Usmonov, agentlik vakillari, mahallalardagi yoshlar yetakchilari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Shuningdek, ochiq muloqotda ishtirokchilar oʻzlarining qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Nurota tumanida yoshlar soni (0-30 yosh) 38 ming 415 nafarni (aholining 45%i) tashkil etadi;

SHundan:

14-30 yoshgacha bo‘lganlar soni 22 ming 629 nafar (10 ming 288 nafar ayollar),

18-30 yoshdagilar 17 ming 825 nafar ( 8 ming 935 nafar xotin-qizlar).

31 ta mahalladagi yoshlar etakchisi lavozimiga tanlov orqali 372 nafar nomzodlar orasidan 31 nafar kadrlar saralab olingan;

YOshlar etakchilarining 30 nafari erkaklar, 1 nafari xotin-qizdan iborat, etakchilarning 15 nafari (48,3 foiz) oliy, 16 nafari (51,7 foiz) o‘rta maxsus va tugallanmagan oliy;

joriy yil mobaynida 3 nafar yoshlar etakchisi almashdi;

Etakchilarning 20 tasi uchun alohida xona, 11 tasi uchun umumiy xona ajratildi;

Joriy yilda mahalla-sektor-tuman kesimida 14-30 yoshdagi 22 ming 629 nafar yoshlar balansi shakllantirildi;

- “Yoshlar balansi” asosida bugungi kunda ishsiz va ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlardan  463  nafari “YOshlar daftari”ga kiritilib, 110 nafariga (24 foiz) amaliy yordam ko‘rsatilgan;

Daftar bo‘yicha:

3 nafar yoshlarga er maydonlari ajratildi;

nafar yoshlarga asbob-uskunalar xarid qilish va o‘zini-o‘zi band qilishi uchun subsidiya ajratilgan;

68 nafar yoshlarga to‘lov-kontrakt summalari;

- 1 nafar yoshlarga xaydovchilik guvohnomasi to‘lovlari;

5  nafar yoshlarga safarbarlik chaqiruvi rezervi xarajatlari uchun ;

10  nafar Bir martalik yordam

19 nafar yoshlar doimiy ish o‘rinlariga joylashtirilgan;

Besh muhum tashabbus tadbirlarini moliyalashtirish uchun

“Yoshlar daftari” jamg‘armalariga 1 mlrd 102 mln.so‘m mablag‘lar shakllantirilgan xamda  110 nafar yoshlarga 468 mln so‘m mablag‘ evaziga amaliy yordam ko‘rsatildi.

Hokim yordamchilari bilan hamkorlikda  141 nafar yoshlarga 3,3 mlrd. so‘m kredit ajratilgan;

Joriy yil davomida mahallalarda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida 350 ga yaqig tadbirlar o‘tkazilib, unda 6,4 ming nafar yoshlar qamrabolindi;

“Besh tashabbus olimpiadasi” 3-mavsumi doirasidagi mahalla va sektor bosqichlari bo‘lib o‘tmoqda. Unda yoshlarimiz juda faol qatnashib kelmoqdalar. Bundan tashqari vatanparlik va shunga o‘xshash yana 10 ga yaqin loyihalarni amalga oshirib kelinmoqda.

Bu qilinayotgan barcha ishlar tumandagi yoshlarimizning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish va jinoyatchilikni oldini olish hamda ularning vatanga bo‘lgan sadoqatini oshirishdan iborat.