“Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasi hamda xalq deputatlari Nurota tumani Kengashi reglamentining 10-moddasiga muvofiq,
QAROR QILAMAN:
1. Xalq deputatlari Nurotatumani Kengashining elliginchi sessiyasi 2023-yil 14-aprel kuni soat 10:00 da chaqirilsin.
2. Xalq deputatlari Nurotatumani Kengashining elliginchi sessiyasi muhokamasiga quyidagi masalalar kiritilsin:
Nurota tumani aholisi va ijtimoiy soha obyektlarini 2023-yilda energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash to‘g‘risida;
Tumanda qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida;
Tuman hududida huquqbuzarliklarni oldini olish va ularning profilaktikasi holati toʻgʻrisida;
Tumandagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyati hamda huquqni qoʻllash amaliyotining holati toʻgʻrisida;
Nurota tuman mahalliy byudjetining 2023-yil birinchi chorak ijrosi to‘g‘risida;
Tumanda investitsiya loyihalari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida;
boshqa masalalar.
3. Tuman hokimining o‘rinbosarlari hamda masalaga aloqador soha rahbarlari xalq deputatlari tuman Kengashining elliginchi sessiyasi kun tartibidagi masalalarni to‘g‘ri va sifatli qilib tayyorlanishini hamda xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyatiga o‘z muddatida taqdim etilishini ta’minlasin.
4. Xalq deputatlari tuman Kengashining elliginchi sessiyasiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish ishlarini muvofiqlashtirib borish xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati (O.Safarov) zimmasiga yuklatilsin.
2023 - yil 7 - aprel 53-5-74-Q/23
Tuman hokimi A.Fayziyev