Nurota tumani, Islom Karimov ko'chasi 48 uy

  • Yaratildi: 01.04.2023 16:15

"Ma’naviyat festivali" Nurota tumanida!

Joriy yilning 31-mart hamda 1-aprel kunlari Navoiy viloyatida bo‘lib o‘tayotgan “Ma’naviyat festivali” doirasida viloyatdagi mahallalarda, mehnat jamoalarida ma’naviy-ma’rifiy, madaniy tadbirlar hamda turli loyihalar amalga oshirilmoqda.

“Ma’naviyat festivali” doirasidagi navbatdagi tadbir O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi targ‘ibotiga bag‘ishlab “Xalqchil Konstitutsiyasi bilan xalqchil davlat sari” shiori ostida viloyatning Nurota tumanidagi “Amir Temur” MFY aholisi bilan ushbu mahalla hududida joylashgan 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabining faollar zalida bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni sho‘ba mudiri Abduhalil Mavrulov, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi - Filologiya fanlari nomzodi Olim Toshboyev, Psixologiya fanlari doktori, dotsent Feruza Akramova, “Qibray sadosi” gazetasi bosh muxarriri, Toshkent viloyati kengashi deputati Gulnora Axmedova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Abdulla Shomag‘rupov hamda tuman mutasaddilari, hamkor tashkilot vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida yurtimimizda amalga oshirilayotgan siyosiy jarayonlar, yangilanayotgan Konstitutsiyamizdagi o‘zgarishlar, unda o‘z ifodasini topgan huquqiy me’yorlar va qadriyatlar xususida ma’lumotlar berildi.

Shundan so‘ng, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Abdulla Shomag‘rupov tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar tadbir ishtirokchilarini o‘yinga chorladi.