Nurota tumani, Islom Karimov ko'chasi 48 uy

  • Yaratildi: 31.03.2023 14:47

Yangilanayotgan Konstitutsiya

Yoshlar huquqlari himoyalanishi va ularning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirokini ragʻbatlantirish kafolatlanmoqda.

Jumladan, davlat:

- yoshlar huquqlari himoyalanishi va ularning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirokini ragʻbatlantirishni kafolatlayapti;

- yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, xalqning boy madaniy merosidan faxrlanish, vatanparvarlik tuygʻularini shakllanishiga gʻamxoʻrlik qilishi belgilanayapti.

Bundan tashqari, yoshlarning taʼlim olishi, ijtimoiy va tibbiy himoyasi, uy-joyli boʻlishi, bandligi uchun shart-sharoitlar yaratish – davlatning konstitutsiyaviy majburiyati sifatida kiritilyapti. Davlat shu orqali oʻz zimmasiga muhim majburiyatlarni olmoqdaki, mazkur normalar, nafaqat yoshlar manfaati, balki butun jamiyatimiz va mamlakatimizning kelgusi taqdiri uchun muhimdir.

Nurota tuman adliya bo‘limi boshlig‘i U.S.Suvonov