Nurota tumani, Islom Karimov ko'chasi 48 uy

  • Yaratildi: 29.03.2023 12:23

Ijtimoiy tarmoqlarning birida Nurota – Chuya yoʻnalishi boʻyicha yoʻl nosoz holda ekanligi toʻgʻrisida chop etilgan murojaat yuzasidan RADDIYA

Mazkur murojaat Nurota tumani yoʻllardan foydalanish unitar korxonasi mutasaddilari bilan joyida borib oʻrganilganda ushbu yoʻlda hech qanday nosozliklar mavjud emasligi aniqlandi.

Shuningdek, murojaatda koʻrsatilgan quyidagi rasmlarda Davlat ahamiyatidagi "Mitan q.-Qoʻshrabot q.-Nurota sh." avtomobil yoʻlining 92-126 km qismiga qarashli bo‘lib, oʻz navbatida yoʻlning buzilgan yoki transport vositalarining harakatlanishi uchun ortiqcha noqulayliklar keltirib chiqaradigan holatlari mavjud emas.

Shuningdek, murojaatda keltirilgan boshqa rasmlar aynan yuqorida ko‘rsatilgan manzilga tegishli emas.

Mitan q. - Qoʻshrabot q. -Nurota sh. avtomobil yoʻlining 75-126 km qismi

Foto: Mitan q.-Qoʻshrabot q.-Nurota sh. avtomobil yoʻliga tegishli qismi

Shu oʻrinda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari hamda jurnalist va blogerlardan aholi murojaatlarini bir tomonlama oʻrganmasdan aksincha, ikki tomonlama yondashgan holda jurnalistlik surishturuvini olib borishi maqsadga muvofiq ekanligini eslatib oʻtamiz hamda yolgʻon maʼlumot tarqatganligi uchun javobgarlik mavjudligini eslatib oʻtamiz.