Nurota tumani, Islom Karimov ko'chasi 48 uy

  • Yaratildi: 28.03.2023 21:35

Mashhur aka-uka Safronovlar Nurotada: "O‘zbekiston – mo‘jizalar karvoni" realiti-shousi suratga olinmoqda

Rossiyada Davlatidan tashrif buyurgan butun dunyoga mashhur illyuzionistlar — AKA-UKA SAFRONOVlar Nurotada o‘zlarining "MO‘JIZALAR KARVONI" nomli shou dasturini tasvirga olishdi.

Ilya, Sergey va Andrey Safronov – taniqli rus illyuzionistlari, aktyor va boshlovchilari. Ular muntazam ravishda shou suratga olish uchun sayohat qilishadi. Safronovlar tomoshabinlarga “Ekstrasenslar jangi” kabi dastur orqali ham tanish.

Turizm va Madaniy meros vazirligi, Ucell kompaniyasi va Uzreport telekanali ko‘magida aka-uka illyuzionist Safronovlar ishtirokida “O‘zbekiston – mo‘jizalar karvoni” loyihasi amalga oshirilmoqda.

Suratga olish ishlari O‘zbekistonning ekoturistik salohiyatini namoyish etish, tarixiy shaharlarining barcha go‘zalligini ko‘rsatish hamda loyihani xorijiy sayyohlarni jalb qilish va ichki turizmni rivojlantirishga ko‘maklashish maqsadida ishlab chiqilgan bo‘lib, Navoiy viloyati Nurota tumanining o‘ziga xos an'analari, tarixiy obidalari, turizm qishloqlar va ovullarini suratga olishdi.