Sentob qishlogʻiga “Turizm qishlogʻi” maqomi berilishi munosabati bilan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.
Navroʻz umumxalq bayrami arafasida oʻtkazilgan ushbu tadbirida Tojikiston Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Abdujabbor Rahmonzoda, Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi boʻlim boshligʻi Lola Zikrillayeva, matbuot kotibi Lola Raxmanbayeva, Nurota tumani hokimi Azamat Fayziyev, sektor rahbarlari, shuningdek, xorijiy va mahalliy sayyohlar, viloyatimizdan tashrif buyurgan mehmonlar hamda Sentob aholisi ishtirok etishdi.
Tadbir avvalida tuman hokimi soʻzga chiqib, barchani kirib kelayotgan Navroʻz bayrami bilan samimiy tabriklab, sayyohlar sonini oshirish hamda ularga qoʻlaylik yaratish maqsadida Sentob qishlogʻi infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlarga toʻxtalib oʻtdi.
Shuningdek, tadbir davomida Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan “Turizm qishlogʻi” maqomi berilganligini tasdiqlovchi sertifikat topshirilib, nuroniylar tomonidan ramziy lenta kesish marosimi oʻtkazildi.
Sertifikatni Turizm va madaniy meros vazirligi matbuot kotibi L.Raxmanbayeva tuman hokimi A.Fayziyevga tantanali tarzda topshirdi.
Shuningdek, tadbirda viloyat Madaniyat boshqarmasi, Oʻzbekiston Davlat Filarmoniyasi Navoiy boʻlimi xonandalari, Navoiy viloyat naʼmunali maqom ansabli, Navoiy viloyati Qiziltepa “Vangʻozi” folklor ansambli jamoalari tomonidan kuy-qoʻshiq va laparlar ijro etildi.
Nurota tumani madaniyat boʻlimi yosh xonandalari hamda “Nurjahon” folklor jamoasi tomonidan sahnalashtirilgan chiqishlar barchani birdek oʻyinga chorladi.
Sentob qishlogʻiga “Turizm qishlogʻi” maqomi berilishi munosabati bilan oʻtkazilgan bayram tadbirida tasviriy sanʼat, xalq amaliy sanʼati mahsulotlari hamda milliy hunarmandchilik mahsulotlari koʻrgazmasi namoyishi boʻlib oʻtdi.
Bundan tashqari milliy sport oʻyinlari doirasida tosh koʻtarish, arqon tortish, milliy kurash musobaqalari oʻtkazilib gʻoliblar munosib taqdirlandi.
Esdalik sovgʻalarini tuman prokurori Faxriddin Norov musobaqa gʻoliblariga topshirdi.
Sentob qishlogʻiga “Turizm qishlogʻi” maqomi berilishi munosabati bilan oʻtkazilgan bayram tadbirida Tojikiston Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Abdujabbor Rahmonzoda ishtirok etib, barcha bayram ishtirokchilarini chin dildan qutladi hamda tasviriy sanʼat, xalq amaliy sanʼati mahsulotlari hamda milliy hunarmandchilik mahsulotlari koʻrgazmasida ishtirok etdi.