Yurtimizda ayni kunlarda "Yashil makon" umumilliy harakati davom etmoqda. Ushbu harakat doirasida mamlakatimiz bo‘ylab, millionlab daraxt ko‘chatlari, qalamchalar ekilmoqda va yashil maydonlar yaratilmoqda.
Mana shunday yashil maydonlardan biri Nurota tumanidagi Nurota tumani “Amir Temur” MFYdagi “Muruvvat” nogironlar uchun erkaklar internat uyida ham yaratilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, 4 gektar yer maydonga 2 ming dona manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekildi.
Ushbu hayrli ishda Nurota tuman hokimi A.Fayziyev, Tabiat resurslari vazirligi Navoiy viloyati boshqarmasiishchi xodimlari, korxona va tashkilotlar hamda mahalla aholisi mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish aksiyasida faol ishtirok etishdi.