Nurota tumani, Islom Karimov ko'chasi 48 uy

  • Yaratildi: 14.03.2023 16:27

“Har kuning Navroʻz boʻlsin, jonajon Oʻzbekistonim!” shiori ostida bayram tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda

Nurota tumanining olis va chekka hududlarida Navroʻz sayllari va konsert dasturlari oʻtkazish manzili reja dasturiga asosan, "Soykechar" MFYda “Har kuning Navroʻz boʻlsin, jonajon Oʻzbekistonim!” shiori ostida bayram tadbiri oʻtkazildi.

Bayram tadbirida tuman hokimi A.Fayziyev ishtirok etib, mahalla aholisini kirib kelayotgan Navroʻz bayrami bilan samimiy tabrikladi.

Shuningdek, tadbirda tuman Madaniyat boʻlimining “Nurjahon” folklor jamoasi tomonidan sahnalashtirilhan chiqishlar, tasviriy san’at, xalq amaliy san’ati mahsulotlari hamda milliy hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi namoyishi bo'lib o'tdi.

Bundan tashqari milliy sport o‘yinlari doirasida tosh ko‘tarish, arqon tortish, milliy kurash musobaqalari o'tkazilib g'oliblar munosib taqdirlandi.

Navro‘z bayrami munosabati bilan qishlog‘i hududlariga xos bo‘lgan milliy taomlar, “Ko‘klam ne’matlari” ko‘rgazmalarini hamda “Eng yaxshi Navro‘z taomlari” tanlovini tashkil etildi.