Nurota tumani, Islom Karimov ko'chasi 48 uy

  • Yaratildi: 13.03.2023 19:02

Nurota tumani hokimi A.Fayziyev Turkiya davlatidan tashrif buyurgan investorni qabul qildi

A.Fayziyev “ANGORA AGRO INDUSTRIAL” MCHJ rahbari Musahid Fatinni qabul qilib, investor bilan muzokaralar olib bordi.

Investor tomonidan 200 gektar yer maydonida yupqa poʻchoqli oq magʻiz yongʻoq ekish tashabbusi bildirilib, dastlab 50 ming tup yongʻoq ekish rejalashtirilgan.

Investitsiya miqdori 500 ming dollar doimiy 10 nafar mavsumiy 30 nafar ishchi oʻrni yaratilib, mazkur bogʻ tomchilab sugʻorish texnologiyalari asosida tashkil etiladi.

Shuningdek, tuman hokimi A.Fayziyev investor bilan birgalikda amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyiha uchun yer maydoni koʻzdan kechirildi.