El-yurtimiz yashash va yangilanish, mehr-oqibat fasli sifatida eʼzozlaydigan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan xalqaro bayram deb eʼtirof etilgan Navroʻzning maʼnaviy hayotimizdagi ulkan oʻrni va taʼsirini inobatga olib, ushbu ayyomni milliy qadriyat va urf-odatlarimizga uygʻun tarzda, har tomonlama munosib darajada nishonlash maqsadida,“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston RespublikasiQonunining 6, 25, 27-moddalariga asosan,
QAROR QILAMAN:
1.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-martdagi “2023-yilgi Navroʻz umumxalq bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi PQ-82-son, viloyat hokimining 2023-yil 7-martdagi 24-5-0-Q/23-son qarorlari ijro uchun qabul qilinsin.
2.Quyidagilar:
2023-yilgi Navroʻz umumxalq bayramini “Har kuning Navroʻz boʻlsin, jonajon Oʻzbekistonim!” degan bosh gʻoya asosida umumxalq sayllari shaklida koʻtarinki ruh va yuksak saviyada nishonlash boʻyicha tuman ishchi guruhi tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
2023-yilgi Navroʻz umumxalq bayramini tumanda keng nishonlash boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3.Tuman ishchi guruhi 2023-yilgi Navroʻz umumxalq bayramini tumanda keng nishonlash boʻyicha chora-tadbirlar dasturida belgilangan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi hamda ushbu ayyomning tumanda umumxalq sayli shaklida keng nishonlanishini taʼminlasin.
4.Tuman ishchi guruhi tumanda bayram tadbiriga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishda quyidagi masalalarga alohida eʼtibor qaratilishini taʼminlasin:
Navroʻz ayyomiga xos yangilanish va bunyodkorlik ruhini, ona zaminga mehr va eʼtibor, inson va tabiat oʻrtasidagi uygʻunlikni ifoda etadigan kishilarni bugungi tinch va farovon hayotni qadrlab, atrof-muhit hamda uning neʼmatlarini asrab-avaylashga, ezgu orzu-maqsadlar bilan yashashga undaydigan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni tashkil etish;
mamlakatimizda Yangi Oʻzbekistonni barpo etish va inson qadrini ulugʻlash maqsadida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, xalqimizning hayoti, dunyoqarashida yuz berayotgan ijobiy oʻzgarishlarni Navroʻzning azaliy qadriyati va anʼanalari bilan muvofiq tarzda, taʼsirchan badiiy vositalar orqali aks ettirish;
obodlik va farovonlik ramzi boʻlmish Navroʻz bayrami arafasida tumanda umumxalq hashari, keng qamrovli obodonchilik va koʻkalamzorlashtirish ishlarini tashkil etish;
xalqimizga xos boʻlgan mehr-muruvvat fazilatlarini davom ettirib, muhtaram nuroniylarimizni har tomonlama eʼzozlash, “Mehribonlik”, “Muruvvat” va “Saxovat” uylarida yashayotgan kishilarga, yordam va koʻmakka muhtoj fuqarolarga begʻaraz yordam berish bilan bogʻliq xayriya tadbirlarini oʻtkazish;
yurtimizda millatlararo doʻstlik va fuqarolararo totuvlik muhitini mustahkamlash, shu maqsadda amalga oshirilayotgan tizimli ishlarning amaliy natijalarini, Oʻzbekistonfuqarosi boʻlgan turli millat va elatlar vakillari tomonidan Navroʻz umumxalq bayramini nishonlashga oid tadbirlarni tashkil etish va keng yoritish;
tumanda boʻlib oʻtadigan saylga folklor guruhlari, badiiy xavaskorlik jamoalari, dorbozlar va baxshilar, shuningdek, isteʼdodli anʼanaviy ijrochilar va estarada artistlarini jalb etish;
Navroʻz saylining dasturini tayyorlashda qadimiy urf-odatlarimiz va xalq oʻyinlari, madaniy merosimizning yorqin namunalari boʻlgan kuy va qoʻshiqlar, oʻlan va laparlarga keng oʻrin berish;
bayram tadbirlari doirasida hunarmandchilik koʻrgazmalari, milliy sport turlari boʻyicha musoboqalar uyushtirish, kitob rastalari, koʻchma savdo doʻkonlarini tashkil qilish, koʻklam taomlarini tayyorlash va ularning savdosini yoʻlga qoʻyish;
ommaviy axborot vositalarida Navroʻzning tarixi va mohiyatini, tumanda shuningdek, chet ellardagi vatandoshlarimiz davralarida bayramni nishonlash boʻyicha shakllangan urf-odat va anʼanalrni keng yoritish;
- Tuman madaniyat boʻlimi (A.Karimov) tuman maʼnaviyatva maʼrifat boʻlimi (Oʻ.Karimov) bilan birgalikda :
uch kun muddatda Nurota tumanida Navroʻz bayramiga bagʻishlab oʻtkazilgan teatrlashtirilgan konsert tomoshasining dasturi va ssenariysini ishlab chiqish;
mazkur konsert tomoshasini tajribali ssenarist va rejessyorlar, kompozitor va bastakorlar, baletmeysterlar, isteʼdodli yosh ijrochilar, folklor sanʼati vakillarini jalb etgan holda yuqori badiiy saviyada tayyorlash choralarini koʻrsin;
- Tuman hokimi oʻrinbosari (Sh.Vafoyev), tuman madaniyat boʻlimi (A.Karimov):
Navroʻz umumxalq sayli oʻtkaziladigan asosiy maydon, xiyobon va koʻchalarni belgilash, ularni milliy uslubda bayramona bezatish hamda sahnalarni oʻrnatish;
tumanda boʻlib oʻtadigan umumxalq sayliga mahalliy folklor guruhlari, badiiy havaskorlik jamoalari, oilaviy ansambllar, baxshilar, shoirlar, shuningdek, professional ijrochilar va isteʼdodli estrada xonandalarini belgilangan tartibda keng jalb etish;
bayram tadbiri doirasida tumanga xos boʻlgan xalq oʻyinlari, tomoshalar, koʻrgazmalar oʻtkazish, bahoriy taomlar sotiladigan ochiq oshxonalarni joylashtirish;
bayram dasturini va ommaviy tomoshalarni tayyorlashda, koʻchalar, xiyobonlar va maydonlarni bezatishda malakali mutaxassislardan iborat ijodiy guruhlarni keng jalb etish choralarini koʻrsin.
- Tuman hokimligi Axborot xizmati (L.Mansurov), tuman “Nurnoma” gazetasi (L.Bozorov) ommaviy axborot vositalarida Navroʻz umumxalq bayramiga tayyorgarlik koʻrish ishlarini va bayram tadbirlarini atroflicha yorib borish tavsiya etilsin.
8. Mazkur qarorning ijrosini nazoratini oʻz zimmamda qoldiraman.
2023 yil 10-mart 29-5-74-Q/23
Nurota tumani hokimi A.Fayziyev
Nurota tumani hokimining 2023 yil 11-mart 29-5-74-Q/23-sonli qaroriga ilova