Oziq-ovqat xavsizligini taʼminlash boʻyicha tumandagi 4-sektor hududidagi “Nurota tomorqa klaster” MCHJ yer maydonida fermer xoʻjaliklar va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalari mutasaddilari bilan amaliy seminar oʻtkazildi.
Seminarda tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari F.Yodgorov, fermer dehqon xoʻjaligi dehqonlari hamda tegishli korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.
Seminarda asosiy maydonlarga qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini oʻz vaqtida ekilishi, agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida sifatli bajarilishini taʼminlash hamda kafolatlangan yuqori hosildorlikka erishish bosh maqsad etib belgilab olindi.
Shuningdek, seminar davomida har bir fermer bilan muloqot qilinib, ularga masʼul korxona va idoralardan belgilangan ekinlarni ekilishini taʼminlash boʻyicha biriktirtirilgan masullar tomonidan nazorat olib borish, har bir yerdan foydalanuvchi tuman hokimining qarori bilan 2023-yil hosili uchun belgilangan qishloq xoʻjaligi ekinlari ekilishini taʼminlash, fermer xoʻjaliklari tomonidan “Yashil makon” dasutri doirasida dala chetlariga tut, terak, tol qalamchalari ekish topshiriqlari berildi.