2022 yilda Nurota tumanida “Obod qishloq” dasturi doirasida Jarma va Sentob qishloqlarida amalga oshirilgan qurilish ta’mirlash ishlari to‘g‘risida matbuot anjumani o‘tkazildi.
Tadbirda tuman hokimi A.Fayziev ishtirok etib, Nurota tumanida 2022 yil “Obod qishloq” dasturi doirasida amalga oshiriladigan ishlar to‘g‘risida axborot berdi.
Matbuot anjumanida ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 18 martdagi “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish chora-tadbirlar to‘g‘risidagi PQ-172-sonli qarori hamda Navoiy viloyat hokimining 2022 yil 28 martdagi 59-5-0-Q/22-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2022 yilda tuman markazidan olisdan joylashgan Sentob hamda Jarma qishloqlaridagi mavjud uzoq yillik muammolarni inobatga olgan holda “Obod qishloq” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar haqida axborot berildi.
Shuningdek, tumanda 2022-2023 yillar kuz-qish mavsumida iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha ob’ektlari va uy-joy fondini uzluksiz va barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ham so‘z yuritildi.
2022-2023 yillar kuz-qish mavsumiga ijtimoiy soha muassasalari va aholiga 5738,85 tonna (ijtimoiy soha muassasalariga 5378,85 tonna, aholiga 360 tonna) ko‘mir yoqilg‘isi rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 5378,85 tonna 100 % foiz ko‘mir yoqilg‘isi jamg‘arilgan.
Tuman aholisiga 2022-2023 yillar kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida ko‘mir yoqilg‘ilarining jamg‘arilishi bo‘yicha mavjud 31 ta MFYlaridagi aholi xonadonlaridan jami 360 tonna ko‘mir yoqilg‘isi talabi aniqlangan.
Bugungi kunda “Nurota ko‘mir tarqatish ombori” tomonidan ko‘mir yoqilg‘isinidan 290.5 tonna olib keltirilgan bo‘lib, keltirilgan ko‘mir maxsulotidan axoliga 283.5 tonna ko‘mir yoqilg‘isi tarqatilib 80.7 % foizni tashkil etadi. Hozirgi kunda Nurota ko‘mir tarqatish omborida 7 tonna ko‘mir zahirasi mavjud.
Bundan tashqari viloyat saxovat ko‘mak jamg‘armasi mablag‘i hisobidan ijtimoiy ximoyaga muhtoj ehtiyojmand oilalarga 175.0 tonna ko‘mir mahsulotlari ajratilib, hozirgi kunda 175.0 tonna ko‘mir mahsuloti keltirilib mahalla fuqarolar yig‘ini orqali ehtiyojman oilalarga 100% tarqatilganligi ta’kidlandi.
Shuningdek, matbuot anjumanida Nurota tumani olis hududlarga suyultirilgan gaz balonlari ta’minoti bo‘yicha MFYlarga belgilangan grafik asosida suyultirilgan gaz balonlari tarqatish ishlari to‘g‘risida axborot berildi.