Sessiyada eng dolzarb masalalar koʻrib chiqildi.
Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-noyabr kuni Navoiy viloyatiga tashrifi davomida bildirilgan tashabbuslar va belgilab berilgan vazifalarni Nurota tumanida 2022-2023-yillarda amalga oshirish yuzasidan “Yoʻl xaritasi”ning ijrosi muhokama qilindi.
Shuningdek, Jinoyat ishlari boʻyicha Nurota tuman sudi tomonidan 2022-yil davomida koʻrib chiqilgan sud ishlarida odil sudlovni amalga oshirish borasida amalga oshirilgan ishlar, tumanida xotin-qizlarning muammolari bilan tizimli va maqsadli ish olib borish maqsadida “Ayollar daftari” 4-bosqichni belgilangan toifalalar boʻyicha shakllantirish va amaliy yordamlar koʻrsatish va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Nurota tuman Xalq qabulxonasi mudiri Sh.Asatovning “Hokim yordamchilari faoliyatini natijadorligini oʻrganish” yuzasidan kiritgan axboroti tinglandi.
Sessiya kun tartibiga aholini sifatli dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash yuzasidan 2022-yilda amalga oshirilgan ishlar hamda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi masalalar ham muhokama etildi.