“Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6, 17-moddalariga muvofiq,
QAROR QILAMAN:
1. Xalq deputatlari Nurota tuman Kengashining qirq sakkizinchi sessiyasi 2023-yil 27-fevral kuni soat 14:00 da chaqirilsin.
2. Xalq deputatlari Nurota tuman Kengashining qirq sakkizinchi sessiyasi kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilsin:
Jinoyat ishlari boʻyicha Nurota tuman sudi tomonidan 2022-yil davomida koʻrib chiqilgan sud ishlarida odil sudlovni amalga oshirish borasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Nurota tuman Xalq qabulxonasi mudiri Sh.Asatovning “Hokim yordamchilari faoliyatini natijadorligini oʻrganish” yuzasidan kiritgan axboroti toʻgʻrisida;
Tumandagi tegishli tijorat banklarining filiallari tomonidan tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash hamda imtiyozli kreditlar ajratish boʻyicha koʻrilayotgan choralar toʻgʻrisida;
Tumanda aholini sifatli dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash yuzasidan 2022-yilda amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida;
2022-yilda tumanda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi;
boshqa masalalar.
3. Xalq deputatlari Nurota tumani Kengashi kotibiyati (O.Safarov):
tuman hokimining o‘rinbosarlari, tuman hokimligi tashkiliy-kadrlar guruhi va tegishli tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda mazkur sessiyaga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishga doir tashkiliy tadbirlarning o‘z vaqtida bajarilishini taʼminlasin.
2023 yil 20-fevral 19-5-74-Q/23
Tuman hokimi A.Fayziyev