Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlar zamirida yoshlarga munosib shart-sharoitlar yaratish va ularni qoʻllab-quvvatlashga alohida eʼtibor berilmoqda.
Xususan, chet davlatlarda taʼlim olayotgan yoshlar bilan doimiy aloqa oʻrnatib, ularning innavatsion taklif va gʻoyalarila oʻrganilmoqda.
Shu jumladan, bugun Nurota tumani hokimligi binosida Nurota tumanidan chet davlatlarga oʻqish va ishlash uchun ketgan yoshlar bilan onlayn muloqot tashkil etildi.
Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi tashabbusi bilan tashkil etilgan ochiq muloqotda tuman hokimi A.Fayziyev, sektor rahbarlari, tumandagi maktab bitiruvchi yoshlari ishtirok etib Italiya, Polsha, Chexiya, Rossiya, Germaniya, AQSH hamda Malayziya Davlatlarida oʻqib va ishlab kelayotgan yoshlar bilan onlayn suhbat oʻtkazildi.
Shuningdek, muloqot davomida yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida soʻz yuritilib ularning taklif va qiziqishlari tinglandi.