Nurota tumani, Islom Karimov ko'chasi 48 uy

  • Yaratildi: 16.02.2023 12:12

Savol yo’llang javob beramiz!

Huquqiy maslahat burchagi!

❓Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish boʻyicha undiriladigan toʻlovlar qancha?

Javob:Hukumatning 620-son qaroriga asosan Xorijiy davlatlarda umumiy oʻrta va oʻrta taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish bepul amalga oshiriladi.
Xorijiy davlatlarda oʻrta maxsus, kasb-hunar, oliy taʼlim, kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish taʼlimi olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun 900 000 so'm (BHMning 3 baravari) miqdorida yigʻim undiriladi.

Nurota tuman adliya bo’limi
Davlat xizmatlari markazi direktori
N.Tuykulov.

❓Qaysi toifadagi shaxslarga davlat xizmatlari ko‘rsatish jarayonidagi to‘lovlarda chegirma mavjud?

Javob:Quyidagi toifadagi shaxslarga Davlat xizmatlari markazlari va (yoki) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portal orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatishda qonunchilik hujjatlarida belgilangan davlat bojlari, yig‘imlar va boshqa har qanday to‘lovlar bo‘yicha 50 foiz miqdorida chegirma qo‘llaniladi:
«Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslarga;
I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga.
Tadbirkorlik faoliyati maqsadlarida yoki yuridik shaxslar vakili sifatida murojaat qilingan holatlar bundan mustasno.

Nurota tuman adliya bo’limi
Davlat xizmatlari markazi bosh mutaxassisi
J.Asatov.

❓Apostil qanday hujjatlarga qo‘yilmaydi?

Javob: Hukumatning 732-son qarori bilan tasdiqlangan “Rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning” ma’muriy reglamenti 5-bandiga asosan, apostil:
chet elda O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari tomonidan sodir etilgan rasmiy hujjatlarga;
tijorat yoki bojxona operatsiyalariga to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqador bo‘lgan rasmiy hujjatlarga;
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik pasportiga, identifikatsiya ID-kartasiga, harbiy biletga qo‘yilmaydi.


Nurota tuman adliya bo’limi
Davlat xizmatlari markazi bosh mutaxassisi
M.Shoymardonova.

 ❓Dorixona ochish uchun qanday litsenziya olish talab etiladi va u qay tartibda olinadi?

Javob: «Litsenziya» axborot tizimi va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya olish mumkin.
Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxslar.
Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: Bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari. Bunda dorixonalar filiali ochilishi bilan bir vaqtda litsenziya berish to‘g‘risida ariza berilgan taqdirda belgilangan yig‘im har bir filial uchun undiriladi.
Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: Bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari.
Arizani ko‘rib chiqish muddati: 10 kun.
Litsenziyaning amal qilish muddati: 5 yil.
✅Asos: Vazirlar Mahkamasining 2022-yildagi 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan yagona nizom.


Nurota tuman adliya bo’limi
Davlat xizmatlari markazi bosh mutaxassisi
A.RASULOV