Nurota tumani, Islom Karimov ko'chasi 48 uy

  • Yaratildi: 08.02.2023 16:20

Tuman hududida joriy yil bahor mavsumlarida koʻkalamzorlashtirish, manzarali, mevali daraxt va buta koʻchatlarini ekish ishlarini tizimli va uyushqoqlik bilan tashkil etish

“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6, 25, 27-moddalariga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-noyabrdagi 628-F-sonli hamda Navoiy viloyati hokimining 2022-yil 12-dekabrdagi 206-5-0F/22 farmoyishlari ijrosini taʼminlash borasida tuman hududida joriy yil bahor mavsumlarida koʻkalamzorlashtirish, manzarali, mevali daraxt va buta koʻchatlarini ekish ishlarini tizimli va uyushqoqlik bilan tashkil etish maqsadida.

  1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-noyabrdagi 628-F-sonli hamda Navoiy viloyati hokimining 2022-yil 12-dekabrdagi 206-5-0F/22 farmoyishlari ijro uchun qabul qilinsin.
  2. Tuman hokimining mazkur farmoyishi bilan 2023-yil bahor mavsumida manzarali, mevali daraxt hamda butalar koʻchatlariva qalamchalarini ekishning prognoz koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;

namunaviy tarkibda manzarali, mevali daraxt va butalar koʻchatlarini hamda qalamchalarini shartnoma asosida yetkazib berish, shuningdek, ekish ishlarini muvofiqlashtiruvchi tuman ishchi guruhi (keyingi oʻrinlarda - tuman ishchi guruhi) 2-ilovaga asosan tasdiqlansin.

  1. Tuman ishchi guruhi (Sh.Rustamov), tuman ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boʻlimi (L.Norbekov)lar ishchi guruh bilan birgalikda uch kun muddatda 2023-yil 1-fevralga qadar bahor mavsumida koʻchat ekish hajmlari boʻyicha hududiy manzilli dasturlarni ishlab chiqsin.
  2. Tuman ishchi guruhi (Sh.Rustamov)ga:

 ishchi guruhi bilan birgalikda, korxonalar va tashkilotlarining koʻchat ekish boʻyicha tashabbuslarini inobatga olgan holda, zarur yer maydonlari ajratilishini nazoratga olish;

tuman hokimligi zaxirasidagi yerlarda, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning chetlarida, kanallar qirgʻoq boʻyidagi muhofaza zonalarida pavloniya, tut, chinor va boshqa tez oʻsuvchi daraxtlar koʻchatlari ekilishiga alohida eʼtibor qaratish;

koʻchat ekish ishlarini samarali tashkil etish maqsadida tuman hududining iqlim va tuproq sharoitiga mos keladigan koʻchatlarni yetkazib berish yarmarkalarini hamda savdo nuqtalarini tashkil etish;

tuman markazida arxitektura va landshaft-dizayn talablari asosida manzarali koʻchatlarni ekish choralarini koʻrish;

joriy yil bahor mavsumida hududlardagi kam taʼminlangan xonadonlarga jami 10 tupdan mevali daraxtlar koʻchatlari bepul tarqatilishini tashkil etish;

koʻchat ekilgan obyektlarga masʼullarni biriktirish, ular tomonidan koʻchatlarni parvarishlash, ularni kasallik va zararkunandalardan himoya qilish hamda payhon etilishining oldini olish, shuningdek, mavsum yakunida ekilgan koʻchatlarni yer egalariga topshirish, yaʼni koʻchat ekilganligi toʻgʻrisida bayonnomani rasmiylashtirish choralarini koʻrsin.

  1. 5. Tumandagi tashkilot, korxonalar hamda MFYlar rahbarlariga:

 mahalla, qishloq, aholi yashash punktlari, koʻp qavvatli binolar va uy-joylar, hovlilar atrofi, guzarlar, xiyobonlar, ziyoratgoh va qabristonlar, avtomobil yoʻllari, shuningdek, qishloq xoʻjaligi yerlarida (ixota) hamda oʻrmon fondi yerlarida manzarali daraxt va buta koʻchatlarini ekish tadbirlarini uyushqoqlik bilan oʻtkazish;

tasdiqlangan dastur asosida koʻchat ekish ishlarini samarali tashkil etib, har kuni maʼlumotlarni tuman ekologiya va tabiatni muhofaza qilish boʻlimiga kiritib borish;

haftaning har dushanba kuni amalga oshirilayotgan ishlarni tahliliy tanqidiy muhokama qilib borilishini yoʻlga qoʻyiish;

uch kun muddatda koʻchat ekiladigan hududlarni tanlasin hamda ilmiy tavsiyalar asosida hududning iqlim va tuproq sharoitiga mos keladigan koʻchat turlari ekilishini taʼminlash;

yirik sanoat korxonalari va tashkilotlarining koʻchat ekish boʻyicha tashabbuslarini inobatga olgan holda, ularga zarur yer maydonlari ajratilishini taʼminlash;

koʻchat ekish uchun mahallalar kesimida alohida otryadlarni shakllantirsin, ularga agronom mutaxassislar hamda koʻchat yetishtirib beruvchilarni biriktir ish;

koʻchat ekilgan obyektlarga masʼullar biriktirilishini, ular tomonidan koʻchatlarni parvarishlash, kasallik va zararkunandalardan himoya qilish hamda payhon etilishining oldi olinishini, shuningdek, mavsum yakunida ekilgan koʻchatlarni yer egalariga topshirilishini, yaʼni koʻchat ekilganligi toʻgʻrisida bayonnomalarning rasmiylashtirilishini taʼminlash;

koʻchat ekiladigan hududlarda sugʻorish, shu jumladan tomchilatib sugʻorish tizimini joriy etsin. Bunda yer usti suvi manbasi yoʻq hududlarda Davlat geologiya qoʻmitasi maʼlumotlari asosida yer osti suvlarini chiqarish quduqlarini qazish ishlarini olib borsin yoki sugʻorish uchun maxsus texnikalarni biriktirish;

hududlarda koʻchatlarni sotib olish yuzasidan shartnomalar tuzishni yoʻlga qoʻysin va toʻlovlarni oldindan amalga oshirsin, koʻchat yetkazib berish va ekish boʻyicha kunlik monitoring yuritib borish choralarini koʻrsin.

  1. Tuman Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boʻlimi (L.Norbekov), Nurota Davlat Oʻrmon xoʻjaligi (H.Qarshiyev), aloqador tuman tashkilotlari bilan birgalikda:

2023-yil bahor mavsumlarida hududlarda ekilgan koʻchatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Yashilmakon.eco” elektron platformasining yagona elektron bazasiga muntazam ravishda kiritib borilishini taʼminlash;

koʻchatlarni sotib olish yuzasidan shartnomalar tuzish, toʻlovlarni amalga oshirish, koʻchat yetkazib berish va ekish boʻyicha tuman miqyosida kunlik monitoring yuritish hamda joylarda ekilgan koʻchatlarning holati toʻgʻrisida har kuni tuman ishchi guruhiga tanqidiy-tahliliy axborot taqdim etib borish;

har hafta payshanba kuni koʻchat ekishning borishi toʻgʻrisidagi tahliliy maʼlumotlarni tuman hokimligiga kiritib borish;

ekilgan koʻchatlarni mavsum davomida parvarishlash, ularni zararkunandalardan himoya qilish va payhon etilishining oldini olish, doimiy ravishda daraxtlar kesilishi boʻyicha moratoriy talablariga qatʼiy va soʻzsiz rioya etilishi yuzasidan nazoratni yanada koʻchaytirish;

tumandagi tashkilot va korxonalar rahbarlari tomonidan 2023-yil bahor mavsumlarida hududlarda ekilgan koʻchatlar toʻgʻrisidagi kunlik maʼlumotlar tuman shtabiga soat 16.00 ga qadar tasdiqlangan holda topshirish choralarini koʻrsin.

  1. Nurota tumani Moliya boʻlimi (S.Haydarov) “yashil bogʻlar” va “yashil jamoat parklari” loyiha hujjatlarini tayyorlash uchun zarur mablagʻlarni mahalliy byudjet parametrlariga kiritsin va tezkor ravishda moliyalashtirish choralarini koʻrsin.
  2. Tuman mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi (A.Shokirov), Yoshlar ishlari agentligining tuman boʻlimi (U.Usmonov) bilan birgalikda “Yashil makon” umummilliy loyihasining mazmun mohiyatini aholi, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida tushuntirish, fuqarolarning koʻchat ekib bogʻ yaratish, ularni parvarishlash va asrash, shuningdek, atrof muhitni toza va ozoda saqlash xalqimizga xos qadriyat ekanligi toʻgʻrisida keng qamrovli targʻibot ishlarini tashkil etsin.
  3. Tuman hokimligi matbuot xizmati (L.Mansurov) tumanda koʻkalamzorlashtirish tadbirlarining ahamiyati va ularni amalga oshirish jarayonini ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish tavsiya etilsin.
  4. Mazkur farmoyish ijrosini nazorat qilish tuman hokimi oʻrinbosari Sh.Rustamov, tuman ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boʻlim boshligʻi L.Norbekovlar zimmasiga yuklatilsin.

2023 yil 7-fevral 20-5-7-F/23

Tuman hokimi A.Fayziyev