Nurota tumani, Islom Karimov ko'chasi 48 uy

  • Yaratildi: 08.02.2023 11:03

Suriyadan qaytgan ayollar taqdiri haqidagi film premyerasi bo‘lib o‘tdi

Bugun Nurota tuman Madaniyat bo'limida O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati va Mudofa vazirligi buyurtmasiga asosan Kinematografiya agentligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamkorligida suratga olingan “Ayol qismati” filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi.

Kino taqdimotida film ijodkorlari ishtirok etib, ssenariy muallifi va rejissyori Dilmurod Masaidov filmning yaralishi bilan bog‘liq voqealarga to‘xtaldi.

Shuningdek, “Ayol qismati” badiiy filmining xalqaro miqyosda yuqori baholanib, bir qancha kinofestivallarda munosib taqdirlanganligi aytildi.

Kinokartinada davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan amalga oshirilgan “Mehr” operasiyasi doirasida Suriyadan olib chiqilgan ayollardan birining ayanchli taqdiri Sojida roli timsolida juda ta’sirli tarzda yoritilgan.