Nurota tumani, Islom Karimov ko'chasi 48 uy

  • Yaratildi: 30.12.2022 14:37

Xalq deputatlari Nurota tumani Kengashining navbatdan tashqari qirq oltinchi sessiyasi

Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan:

1. Tuman saylov komissiyasi raisi B.Tojiyevning xalq deputatlari tuman Kengashi deputatligiga boʻshab qolgan oʻringa 2022-yil 18-dekabr kuni oʻtkazilgan saylov natijalari toʻgʻrisidagi axboroti haqida.

2. Tuman hududida qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida.

3. Tumanda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish va huquqbuzarlikka qarshi kurashish borasida olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-martdagi “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5020-sonli qarori ijrosi.

5. Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha hokim yordamchilarining faoliyati boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Nurota tumanidagi xalq qabulxonasi rahbari Sh.Asatov axboroti toʻgʻrisida.

6. Nurota tumani mahalliy byudjetining 2022-yildagi ijrosi hamda 2023-yil uchun tuman mahalliy byudjetini tasdiqlash toʻgʻrisida.

7. Tumanda 2022-yilda yangi ish oʻrinlarini tashkil etish va aholi bandligiga koʻmaklashish prognoz parametrlarining rejaga nisbatan ijrosi toʻgʻrisida.

8. Boshqa masalalar.