Nurota tuman hokimligi majlislar zalida tuman hokimi A.Fayziyev, sektor rahbarlari, tuman DXX boʻlimi, Yoshlar agentligi tuman boʻlimi, tegishli tashkilotlar hamda tumandagi yoshlar ishtirokida "Rahbari va yoshlar" ishtirokida ochiq muloqot boʻlib oʻtdi.
Ochiq muloqotda yoshlar oʻzlarining kreativ savollari va bir qator masalalar yuzasidan berilgan taklif va muammolarini rahbar tomonidan tinglanib, murojaatlar ijrosi nazoratga olindi.
Shuningdek, uchrashuvda turli fan olimpiadalari va sport musobaqalarida muvaffaqiyatga erishgan, “Besh tashabbus olimpiadasi”ning viloyat bosqichida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan, faol va iqtidorli yoshlar kitoblar toʻplami, musiqa asboblari, stol jihozlari, estalik sovgʻalar va diplomlar bilan taqdirlandilar.