Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2022-yil 25-noyabr kuni Navoiy viloyatiga tashrifi davomida bildirilgan tashabbuslar va belgilab berilgan vazifalarni Nurota tumanida 2022-2023-yillarda amalga oshirish yuzasidan “Yoʻl xaritasi”ning ijrosi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2022-yil 25-noyabr kuni Navoiy viloyatiga tashrifi davomida bildirilgan tashabbuslar va belgilab berilgan vazifalarni Nurota tumanida 2022-2023-yillarda amalga oshirish yuzasidan tuman“Yoʻl xaritasi”, shuningdek, har bir sektor kesimida “Yoʻl xarita”lar ishlab chiqilgan va tasdiqlangan. Bunda 5 ta tashabbus asosida aniq chora-tadbirlar belgilab olingan.
1-tashabbus - Elektr energiyasini tejash:
Bugungi kunga qadar Nurota tumanida faoliyat olib borayotgan maktablar, davlat tashkilotlari va maktabgacha taʼlim tashkilotlarida quyosh agregatlari, quyosh panellari va koʻcha yoritish chiroqlarini oʻrnatish keng joriy qilinmoqda.
Tasdiqlangan chora-tadbirlarga asosan tumandagi 24 ta tashkilot va korxonalarga umumiy quvvati 1155 kVt/soatni tashkil etuvchi quyosh panellarini oʻrnatilishi koʻzda tutilgan boʻlib, loyiha qiymati 12 705,0 million soʻmni tashkil etadi. Hozirgi kunda tumanidagi 4 ta tashkilotda 85 kVt/soat quvvatdagi quyosh panellari oʻrnatildi.
Jumladan, tuman davlat soliq inspeksiyasiga 20 kVt/ soat, AT Agrobank tuman filialiga 30 kVt/soat, elektr tarmoqlari korxonasiga 5 kVt/soat hamda tuman IIB binosiga 30 kVt/soat quvvatdagi quyosh panellari oʻrnatilishi taʼminlandi.
Bundan tashqari, tuman hokimligi binosiga 30 kVt/soat quvvatdagi quyosh panellari oʻrnatish boʻyicha “SUN-HIGHTECH” MCHJ bilan umumiy qiymati 330 million soʻmlik shartnoma imzolangan boʻlib, quyosh panellarini oʻrnatish ishlari olib borilmoqda.
2-tashabbus - “Yashil makon” dasturining Navoiy viloyati tajribasini yaratish va amalga oshirish:
Oʻtgan 2022-yilning bahor mavsumida tuman hududida 517 mingta mevali, manzarali daraxt koʻchatlari va qalamchalar, xususan 213,5 mingta koʻchatlar tuman obodonlashtirish boshqarmasiga qarashli ziyoratgoh va qabristonlar hamda tumandagi korxona tashkilot va muassasalar hududiga, 187,5 mingtasi mahalla fuqarolar yigʻinlarida, 22,1 mingtasi ijtimoiy soha (maktab, kasalxona, oʻquv yurtlari) obyektlari va tashkilotlar hududlarida hamda 93,8 mingta koʻchatlar fermer xoʻjaliklari va tadbirkorlik subyektlarining yer maydonlarida ekilishi belgilab olingan edi.
Ushbu maqsadlar uchun 2,1 milliard soʻmdan ortiq, korxona, tashkilot va muassasalar hamda homiylar mablagʻlari, shu jumladan 160 million 990 ming soʻm tuman mahalliy byudjeti hisobidan mablagʻlar yoʻnaltirildi.
Nurota tumani viloyatning oʻziga xos xususiyatga ega boʻlgan choʻl mintaqasida joylashgan hududlaridan biri boʻlib, havo haroratining nisbatan pastligini inobatga olgan holda koʻchat ekish ishlari uyushqoqlik bilan hududlarda “yashil yillik” loyihalari tashkil etilib bahor mavsumida 517,6 mingta manzarali va mevali daraxt koʻchatlari hamda qalamchalar ekilishi taʼminlanib rejaga nisbatan 101 % ga bajarildi.
3-tashabbus - Yaylovlarda echkichilik va qoʻychilikni keskin rivojlantirish:
Tumandagi “Vahobjon Rustamjon” fermer xoʻjaligi tomonidan umumiy qiymati 12,0 milliard soʻm boʻlgan (shundan, 11,0 milliard soʻm oʻz mablagʻi va 1 milliard soʻm bank krediti mablagʻlari) “Chetdan 6 ming bosh naslli qoʻy va echkilarni olib kelish” loyihasi shakllantirilib, tarmoq jadvali tasdiqlandi. Bugungi kunda ushbu fermer xoʻjaligi tomonidan Agrobank Nurota tuman filialiga 1 milliard soʻm bank krediti ajratish maqsadida hujjatlar rasmiylashtirilmoqda.
Bundan tashqari, tumanda qoʻychilikni rivojlantirish boʻyicha umumiy qiymati 2 milliard soʻm boʻlgan 3 ta loyiha tarmoq jadvali tasdiqlangan boʻlib, ushbu loyihalarni amalga oshirilishi natijasida 700 bosh mayda shoxli mollar sotib olinishi hamda 6 ta yangi ish oʻrinlari yaratilishi taʼminlanadi.
4-tashabbus - Infratuzilma obyektlari qurilishida resurslarni 30 foizgacha tejash:
Tuman prokuraturasi tomonidan tumandagi qurilish sohasidagi korrupsiyani oldini olish maqsadida boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda korrupsiya va manfaatlar toʻqnashuvini keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni aniqlash, har bir loyihalar boʻyicha davlat xaridlari “Shaffof qurilish” MAT ning elektron tender platformasida oʻtkazilishini taʼminlash, korrupsiya va manfaatlar toʻqnashuvini oldini olish borasida ishlar olib borilmoqda.
Shuningdek, tuman prokurori rahbarligida sektorlar kesimida ishchi guruhlar tuzilgan boʻlib, mazkur ishchi guruh tomonidan bu borada olib borilayotgan ishlar ustidan doimiy monitoring yuritilmoqda.
5-tashabbus - Yoshlar muammolari bilan ishlash va ularning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash:
Yoshlar muammolari bilan ishlash boʻyicha tuman hokimi rahbarligida sektor rahbarlari, davlat xavfsizlik xizmati tuman boʻlimi boshligʻi, tuman hokimining yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari, tuman yoshlar ishlari agentligi hamda tuman tashkilot rahbarlaridan iborat tuman komissiyasi tashkil etildi.
Tuman hokimligi huzurida 4 ta sektor rahbari, tuman DXX boshligʻi, tuman hokimining yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari, tuman yoshlar ishlari agentligi va tuman korxona va tashkilotlaridan iborat tarkibda yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy masalalari boʻyicha yoshlar shtabi tashkil etilgan.
Shtab tomonidan hozirgi kunda xatlov jarayonlari yakunlangan.
Xatlov natijasida ishchi guruhlar tomonidan tuman hududida jami 21 714 nafar yoshlarga anketa soʻrovnomalari toʻldirilib, shundan turli muammolari boʻyicha 261 nafar yoshlar “Yoshlar daftari”ga tavsiya etildi.
Oʻtgan 2022-yil davomida mahallalarda yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida 450 ta tadbirlar oʻtkazilib, 2700 nafar yoshlar qamrab olingan.
“Besh tashabbus olimpiadasi” 1-mavsumi doirasidagi tadbir va loyihalarda jami 16 ming 415 nafar yoshlar onlayn roʻyxatdan oʻtgan boʻlib, bitta mahalla kesimida oʻrtacha 529 nafar, 2-mavsumi doirasidagi tadbir va loyihalarda jami 28 ming 707 nafar yoshlar qamrab olinib, tanlov va musobaqalarning Respublika bosqichida 19 ta kumush, 10 ta bronza medallari qoʻlga kiritilgan;
“Bir nuroniyga oʻn nafar yosh” loyihasi doirasida 62 nafar keksalarning roʻyxatlari shakllantirilib, ularga 310 nafar yoshlar biriktirilgan;
5 nafar voyaga yetmagan shaxslar profilaktik hisobga olingan hamda Yosh oilalar oʻrtasida 14 marotaba ajrim holatlari kuzatilgan;
Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash yoʻnalishida 7 ta loyiha va tadbirlar amalga oshirilib ularda 270 nafar yoshlar qamrab olingan;
Yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish yoʻnalishida 5 ta loyiha va tadbirlar amalga oshirilib, ularda 220 nafar yoshlar qamrab olingan boʻlsa, yoshlar oʻrtasida huquqbuzarlik va jinoyatchiliklarni oldini olish yoʻnalishida 4 ta loyiha va tadbirlar amalga oshirilib ularda 155 nafar yoshlar qamrab olinishi taʼminlangan.
Yuqoridagilarni inobatga olib, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6 va 24-moddalariga asosan, xalq deputatlari tuman Kengashi
QAROR QILADI:
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2022-yil 25-noyabr kuni Navoiy viloyatiga tashrifi davomida bildirilgan tashabbuslar va belgilab berilgan vazifalarni Nurota tumanida 2022-2023-yillarda amalga oshirish yuzasidan “Yoʻl xaritasi”ning ijrosi toʻgʻrisida tuman hokimi A.Fayziyevning axboroti maʼlumot va ijro uchun qabul qilinsin.
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2022-yil 25-noyabr kuni Navoiy viloyatiga tashrifi davomida bildirilgan tashabbuslar va belgilab berilgan vazifalarni Nurota tumanida 2022-2023-yillarda amalga oshirish yuzasidan tumanning “Yoʻl xaritasi”, shuningdek, har bir sektor kesimida “Yoʻl xarita”lar ishlab chiqilganligi va tasdiqlanganligi;
5 ta tashabbus asosida aniq chora-tadbirlar belgilab olinganligi koʻrsatib oʻtilsin.
- Tuman hokimi A.Fayziyev hamda tuman sektor rahbarlari (F.Norov, U.Abdurahmonov, O.Joʻraqulov)ga:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2022-yil 25-noyabr kuni Navoiy viloyatiga tashrifi davomida bildirilgan tashabbuslar va belgilab berilgan vazifalarni Nurota tumanida 2022-2023-yillarda amalga oshirish yuzasidan “Yoʻl xaritasi”da belgilab olingan chora-tadbirlar ijrosini oʻz vaqtida va sifatli taʼminlash;
5 ta tashabbus boʻyicha belgilab berilgan topshiriqlarni bajarish vazifasi topshirilsin.
- Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2022-yil 25-noyabr kuni Navoiy viloyatiga tashrifi davomida bildirilgan tashabbuslar va belgilab berilgan vazifalarni Nurota tumanida 2022-2023-yillarda amalga oshirish yuzasidan “Yoʻl xaritasi”da belgilab olingan chora-tadbirlar ijrosini oʻz vaqtida va sifatli taʼminlanishini hamda 5 ta tashabbus boʻyicha belgilab berilgan topshiriqlarning bajarilishi yuzasidan nazorat oʻrnatsin.
- Tuman hokimligi matbuot xizmati (L.Mansurov) hamda “Nurnoma” gazetasi tahririyati (L.Bozorov)ga “Yoʻl xarita” hamda 5 ta tashabbus boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritib borish tavsiya etilsin.
- Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining doimiy komissiyalari zimmasiga yuklatilsin.
2023 - yil 20 - yanvar VII-47-14-5-74-K/23
Kengashraisi A.Fayziyev