✅O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4079-son qaroriga bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga asosan, xorijga chiqish biometrik pasporti fuqarolarga quyidagi amal qilish muddatlariga beriladi:
- tug‘ilgan kunidan boshlab bir yoshgacha — ikki yil muddatga;
- bir yoshdan 16 yoshgacha — 5 yil muddatga;
- 16 yoshdan oshgan shaxslarga — 10 yil muddatga.
-Amal qilish muddati tugaganidan keyin xorijga chiqish biometrik pasporti ma’lumotlarni yig‘ish punktiga topshiriladi.
Nurota tuman Adliya bo’limi
Davlat xizmatlari markazi bo’lim boshlig’i
A.X.RASULOV