Farzandimning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasida ismi noto‘g‘ri yozilgan. Ushbu xatoni to‘g‘irlash uchun pul to‘laymanmi va bu qancha muddatda to‘g‘irlab berilishi kerak?
✅O‘zbekiston Respublikasining “Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish chog‘ida yo‘l qo‘yilgan xatolar munosabati bilan tug‘ilganlik to‘g‘risidagi hujjatlar yozuvlari o‘zgartirilgan, to‘ldirilgan va tuzatilgan taqdirda, guvohnomalar berganlik uchun davlat boji to‘lashdan ozod qilinadi.
-Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalaring 149-bandida FHDY ariza tushgan kundan boshlab 10 kun mobaynida ko‘rib chiqilishi kerakligi belgilangan. Uzrli sabablar (o‘zgartirish kiritish zarur bo‘lgan yozuvlar nusxalari olinmaganda va boshqa hollarda) mavjud bo‘lganda FHDY organi mudiri tomonidan ushbu muddat bir oygacha muddatga uzaytirilishi mumkin.
-Demak, FHDY xodimi tomonidan xato yozib berilgan hujjatlarni to‘g‘rilatish uchun boj to‘lamaysiz. Sizdan ortiqcha pul talab qilsa yoki belgilangan muddat davlat xizmatini ko‘rsatmasa, Adliya vazirligiga murojaat qilishingiz mumkin.
Nurota tuman Adliya bo’limi
Davlat xizmatlari markazi bo’lim boshlig’i
A.X.RASULOV