✅Tadbirkorlik subyektlari tomonidan yuklarni avtomobil transportida shaharda, shahar atrofida hamda shaharlararo tashish faoliyati bilan shug'ullanish uchun litsenziya olish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6044-son Farmoniga asosan bekor qilingan.
❗️Bu muhim: Tadbirkorlik subyektlari tomonidan avtomobil transportida yuklarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyati bilan shug‘ullanish uchun litsenziya olinishi lozim. Bunda, talabgor Hukumatning 636-son qaroriga asosan Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat qilish lozim.
Nurota tuman Adliya bo’limi
Davlat xizmatlari markazi bo’lim boshlig’i
A.X.RASULOV