Nurota tuman tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 10-avgustdagi “Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni manzilli ijtimoiy himoya qilish va qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 237-sonli qarori hamda Nurota tuman hokimining 27.09.2022-yildagi 142-5-74-Q/22-sonli qaroriga asosan 55 nafar o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksa hamda yolg‘iz yashaydigan keksa va nogironligi bo‘lgan shaxslar ro‘yxatga olingan bo‘lib, ularga 10-nafar ijtimoiy xodimlar xizmat ko‘rsatib kelishdi. 2022 yilning 5 oyi davomida ro‘yxatga olingan 1-toifaga mansub 30- nafar o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksa hamda nogironligi bo‘lgan yolg‘iz keksalarga 47 mln 650 ming 600 so‘mlik 11 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari va 4 turdagi gigiyena vositalari hamda karantin davrida 4 turdagi antiseptik vositalar o‘z vaqtida keksalarga yetkazib berildi.
Nurota tuman Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan 2022 yilning 1 iyunidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-iyundagi “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va faxriylarining moddiy taʼminotini yaxshilash hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-274-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning 30-nafariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 10-avgustdagi 237-sonli Qaroriga asosan berib kelingan 15 turdagi asosiy oziq-ovqat mahsulotlari va 4 turdagi shaxsiy gigiyena vositalarini o‘rniga har oyning 15 sanasiga qadar pensiya miqdoriga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida qo‘shimcha to‘lov to‘lab berildi.
Ro‘yxatga olingan 55 nafar yolg‘iz keksa hamda yolg‘iz yashaydigan keksa va nogironligi bo‘lgan shaxslar 2022-yilning fevral va oktabr oylarida shahar Tibbiyot birlashmasi tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib,10-nafari statsionar hamda 16-nafari uyda shifokor ko‘rsatmasi asosida davolandilar. Shuningdek, 4-nafar yolg‘iz keksalar reabilitatsiya texnik vositalari olish uchun sertifikat bilan taʼminlandilar.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining tibbiy-ijtimoiy muassasalari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 2021-yil 17-sentyabrdagi 575-sonli qaroriga asosan, 3-nafar nogironligi bo‘lgan shaxslar “Muruvvat” uyiga joylashtirildi.
Nurota tuman tibbiy ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limi