Nurota tumani, Islom Karimov ko'chasi 48 uy

  • Yaratildi: 06.01.2023 18:22

Nurota tumanida 2023-yilning 1-yanvar holatiga jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltirilgan mablagʻlar hisoboti toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-avgustdagi “Byudjet maʼlumotlarining ochiqligini va byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3917-sonli hamda 2021-yil 13-apreldagi “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5072-sonli qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 22-apreldagi KQ-213-IV-sonli Qarori bilan tasdiqlangan naʼmunaviy Nizomning 30, 31-bandlariga muvofiq, xalq deputatlari tuman Kengashining 2021-yil 7-maydagi “Tumanda mahalliy byudjet mablagʻlari sarflanishida jamoatchilik ishtirokini taʼminlash toʻgʻrisida”gi V/24-216- sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 6, 24-moddalariga asosan xalq deputatlari tuman Kengashi

QAROR   QILADI:

  1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 22-apreldagi KQ-213-IV-sonli Qarori bilan tasdiqlangan namunaviy Nizomning 30-bandiga asosan 2022-yilda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltirgan mablagʻlar yuzasidan tuman hokimligi moliya boʻlimi mudiri S.Haydarovning hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
  2. Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirishi yuzasidan maʼlumot 1-ilovaga muvofiq;

2022-yilda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltirilgan mablagʻlar, yaʼni tashabbusli byudjetlashtirish natijalari boʻyicha maʼlumotlar 2-ilovaga muvofiq;

Fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasidan jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan (gʻolib deb topilgan) tadbirlarni moliyalashtirish uchun yoʻnaltirilgan mablagʻlar toʻgʻrisidagi maʼlumot 3-ilovaga muvofik;

2022-yilda oʻtkazilgan tashabbusli byudjet jarayoni yakunlariga koʻra ishlarni amalga oshirish uchun ajratilgan mablagʻlar bilan shartnomaga muvofiq yakuniy mablagʻlarga nisbatan boʻshab qolgan (iqtisod qilingan) qismini jamgʻarmaga qayta tiklash miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumot 4-ilovaga muvofiq tasdiklansin.

  1. Tuman hokimligi moliya boʻlimi (S.Haydarov) tashabbusli byudjetlashtirish natijalari boʻyicha maʼlumotlarni tuman hokimligi axborot xizmati (L.Mansurov) bilan birgaliqda keltirilgan ilovalarga muvofiq shakllarda “Ochiq Byudjet” axborot portali hamda tumanning rasmiy vebsaytlariga joylashtirish va har chorak yakunlariga koʻra, keyingi chorak birinchi oyining 25 sanasiga qadar joylashtirib borish vazifalari yuklatilsin.
  2. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish halq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy byudjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (F.Ermakov) zimmasiga yuklatilsin.

2023 - yil 5 - yanvar VII-46-5-5-74-K/23

Kengash raisi o‘rinbosari O.Safarov 

Ilova